Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Haqiqatmi yo vahima: Toshkentda osmonda noma’lum jism uchdi

Bu yilgi may oyi har yilgidan-da o‘zgacha tarzda kechmoqda. 18 may kuni kuzatilgan ob-havo, aniqrog‘i momaqaldiroq orqali yoqqan kuchli yomg‘ir va do‘l ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
 
Do‘l yog‘ishi sabab bir necha daqiqalar ichida ayrim tumanlarning bir necha hududlari suv bilan to‘ldi. Kuchli shamol esa ayrim joylardagi daraxtlarning shoxlarini uchirib yubordi, yengil og‘irlikdagi buyumlar – paketlar, yelim idishlar, turli qutilar, hatto, avtomobil yo‘llarigacha yoyildi.
 
Ayrim foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarga g‘ayrioddiy tasvir aks etgan surat va video joylashdi. Unda qayd etilishicha, do‘l vaqtida oq rangdagi noma’lum jism ham yog‘ilgan. Ana shu suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
 
Bundan tashqari, Chilonzor tumanida osmonda ham noma’lum jism aniqlanib, uni ko‘plab mahalliy aholi vakillari telefon kamerasiga muhrlashga ulgurgan. Bu jism momaqaldiroq yoki do‘l emasligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Hozircha bu masala bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan rasmiy ma’lumot berilmagan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7057 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, noma’lum jism
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
asalqiz96 Ko'zimz bilan ko'rmadik,
Hammasi yaxshlikka bo'lsin!
Like | 0
NuR_KR Ха инстаграм ва телеграм да ду ду гап булябди бу ходисалар
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное