Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

’HAYOT,, INSON yoki ODAM (hikoya)



                                                                                                                           ENG  KATTA  BOYLIK  BU INSONLARNI  MEHR MUHABBATIGA  EGA  BO’LISH  VA ULARGA XIZMAT
QILISHDIR.

 Bu so’z barchaga birday ayon manosi ma’lum bo’lgan so’zdir , odam bu so’z    ham biz uchun aniq lekin nega inson va odam so’zlarini biz barchaga nisbatan har xil qo’llaymiz , nega bu ajoyib inson bu hayotta ko’plab yutuqlarga erishdi , barcha narsaga ega bo’ldi deymizu lekin boshqasini xato qilib qo’yganini yoki adashganini ha endi bu shunday yaramas odam deymiz vaholanki inson va odam so’zlari birxil ma’noni anglatadi ikkisini ham qo’l oyog’iboshqa tana azolari bir xil nega bizni odam deb chaqirishgandan ko’ra inson deb murojat qilishsa maqul bo’ladi , balki quloqqa yoqimliroq eshitilganidadur?balki ilmiy nuqta’iy nazardan qaraganda bu so’zlar ma’nosi katta ahamiyatga egamasdir,ammo meni nazarmda bu so’zlarni tub negizida nimadir yashiringan. Bu hayotta eng murkkab tushunarsiz tirik zot insoniyat bo’lsa kerak ,bejizga aytishmaganku “odam odam bilan tirik lekin har bir odam o’zi bir olam ,,ha bu so’zlar oddiygina jumlalar lekin bu jumlalar juda chuqur manoga ega.Bolaligimda jamiyki borliq ,hayot, insoniyat barchasi hech qanday kamchiliksiz, qayg’ularsiz namoyon bo’lardi . Afsuski  bularni1barchasi o’tkinchi ekanligini ulg’aygan sari anglab yetaboshlarkanmiz katta hayotga qadam qo’yarkanmiz hayot ichiga kirarkanmiz  bolalikda ko’rgan barcha narsalarni aksiga duch kela boshlaymiz… bazida o’ylanib qolamiz nahotki bularni barchasi huddiki usti yashil shirin olma uni bir bor tishlab ko’rgunimizgacha naqadar mazali ko’rinadi tamini bilganimizdan so’ng esa nordonligidan butun tanamiz jumbushga keladi endi bu olmani oxirigacha yeyishimiz shart .Kimdirgadur bu nordon olma yoqadi ,ya’ni hayotni yovuz tomonlarini o’zi yarata boshlaydi, boshqalar esa tanasi jumbushga kelsa ham oxirgacha yeydi ya’niki barcha qiyinchiliklardan to’siqlardankurashib o’tadi nimagadur erishadi va oxirigacha boradi , yana kimdir esa olmani yarmidan yeyishni to’xtatib tashlaydi yani o’z joniga qasd qiladi . Bu hayotni barcha o’z ko’rganicha ta’savvur qiladi va tasavvur qigani kabi yashaydi .Hayot barcha uchun bir xil lekin odam zotni o’zi bir xillikni o’zgartiradi ,kim uchundir hayot go’zal misoli jannat, yana kim uchundir faqat qiyinchilikdan iborat.Ho’sh buni barchasi qanday paydo bo’ladi ?hayotni inson 2ongiga ta’siridanmi yoki buni aksmi ? bular huddi koinotdek cheksiz, bilasizmi koinotda yuqori ham past ham yon atrof ham mavjud emas ,barchasini oxiri yo’qdek ko’rinadi,bularni hammasi bir savolni paydo bo’lishiga olib keladi hammamiz bilgan ‘Hayot nima ?,bu savolga hamma o’zi bilganicha javob beradi , balog’at yoshiga yetgunimizcha bu savol biz uchun umuman ahamiyatsiz , o’n sakkiz o’n to’qqiz yoshga qadam qo’yishimiz bilan bu savolga jiddiy e’tibor berib qolamiz o’ylanamiz va o’zimizcha javob topish payiga tushamiz, huddiki biror narsani qoyillatib qo’ygandek aqillilik qilishni boshlaymiz ,tortishamiz, maslahatlar beramiz lekin hali hayotni o’ndan birini ham ko’rmasdan qiziqqonlik shoshqoloqil qilib qo’yamizda boshimiz devorga tekkandan so’ng hayot shunchalar murakkab bo’lib ko’rinadi , go’yoki hayotda omad eshiklari biz uchun yopilgandek.Axir bejizga hayotnimaligini bilmasdan turib hayot haqida gapirma degan jumla mavjud.Qaysi yoshda qachon bo’masin bu savollarga jovob topish doim bizni tark etmaydi . Dunyo yaralishiga nazar solsak insoniyatni aniq qanday paydo bo’lganini hech kim bilmaydi bu       3borada doim tortishuvlar munozaralar bo’lgan bundan keyin ham bo’ladi .To’g’ri ilmiy tomondan diniy tomondan bir qancha asoslar ma’nbalar bor, negadir ko’pchilik shu savolga jovob topishga urinadi , menimcha eng muhimi insonni qanday paydo bo’lgani emas, nima maqsadda yaratilganligi haqida o’ylash muhim emasmi.Bilamizki bu dunyoda barcha narsani badali bor,kimdir biznesga sarmoya tikadi maqsadi sarmoyasini ko’paytirish,xattoki uyda boqiladigan tovuq ham bejizga boqilmaydi,endi bir chuqur o’ylab ko’raylik insoniyatni aynan mana shu yer sayyorasida yaratilishini ,jonzot bo’lib emas balki inson bo’lib yaratildik ,xudo bizni sog’lom, ko’rkam aqil hushli,barcha narsaga ongimiz yetadigan qilib yaratdi nega aynan biz tanlandik,axir yer yuzida yetti mlrd emas balki yuz, ikkiyuz mlrd ham inson yaratilishi mumkin ediku,bizga xudo tomonidan sarmoya tikildi barcha narsa bekamiko’z berildi buni evaziga biz nima qilishimiz darkor?Hayot faqat tug’ulish, yeyish ichish o’yin kulgi va o’lishdan iborat emasku, oxirgi paytlarda butun odamzod bu narsani unitib qo’ymayaptimikin,barcha narsalarda insoniyat 4chegaradan chiqishga yaqin turiptiku buni oxiri nima bilan tugashi nahot kopchilikka qiziqarsiz bo’lsa,tubsiz jarlikka qarab ketmoqda,to’g’ri inson deyarli barcha narsani ilojini top ,bu yaxshidir balki. Lekin barcha narsani iloji topilsa bu dunyoni qanchalik qizig’i qolarkan,insonlarni bir biriga bo’lgan mehrichi? Axir barchamiz bu dunyoga sinov uchun kelganmizku bor yo’g’i bir mehmon ,dunyo balki yuqoriga ko’tarilayotgandayko’rinar lekin nazarimda yuqoridan pastga qarab tushib kelmoqda, atrofga yaxshilab nazar soladigan bo’lsak insonlarni bir biriga mehri texnalogiya orqali belgilanmoqda.Biz nega yaxshilik qilishni kamaytirdik axir shuning uchun yaratildikku, yaxshilik bu bizni nargi dunyo bankiga qo’ygan mablag’imizdir.Manfa’t nega yaxshilikdan ustun qo’yildi o’qituvchimiz uyga vazifa bersa jazolanmaslik uchun bergan vazifasini bajaramiz, oliy vazifamizni bajardikmikan shunga ham biroz e’tibor qarataylik. Kimdir parvoyi falak ishlar qilib yuribdi dunyoni nargi chetida esa boshqalar bundan aziyat chekmoqda yana kimdir ayshu ishrat qilib beg’amyurpti boshqalar esa urish ichida,insoniyat 5dastlab paydo bo’lganda bir birini o’ldirsa ham qiynasa ham bu ular uchun hech qanday muammo emas ediular dunyo haqida hech qanday tushunchaga ega bo’lmagan , o’sha davrlardan beri necha million yillar o’tdi endi insoniyat yana o’sha holga qaytmoqda faqat ma’naviy tomondan,kundan kunga bunday vaziyatlar odamzot uchun oddiy holga aylanib bormoqda,o’tkinchi narsalarni baxtga o’xshatishmoqda baxtni o’tkinchi narsaga qiyoslayotganlar ham ancha muncha.Odamzot yana bir kasallikka uchragan u ham bo’lsa.. vaqtdan yutaman degan so’zni bot bot takrorlashmoqda yaxshilik qilishdan mehr oqibatdan biror bir yaqinini borib ko’rishdan hol ahvolini so’rashdan ancha yiroqlashib ketdi,bizni dangasa bo’lishimizga sababchi bo’lmyapti, buni qarang zamonaviy texnalogiyani bizga foydasidan ko’ra zarari ancha ortig’i bilan tegdi.Vaqtdan yutqazamiz deb yaqinlarimizdan ham diydor qizg’onmoqdamiz biroz vaqt ajratib borib diydorlashib suhbatlashganimiz qayog’dayutelefon orqali hol ahvol so’raganimiz qayoqda.Vaqt odamzot paydo bo’lgandan beri to hozirgi kungacha o’zgargani yo’q bir xil tarzda 6 davom etib kelmoqda na qisqardi na orti faqat biz vaqtdan yutaman degan vohimaga uchraganmiz yaxshilab o’ylab ko’raylikchi nima maqsadda biz vaqtdan yutishimiz kerak ? Vaqtdan yuttik ham deylik ortib qolgan vaqtimizni nimalar uchun sarflayapmiz? Vaqtdan yutaman deb shoshilib ko’p narsaga erishgandek ko’rinib aslida undan ham ko’p voqtimizni yo’qotayapmizmi,bizdan oldin yashab o’tgan dunyoga tayanch o’rnatib ketgan buyuklar ham uch yuzyil yo to’rt yuzyilyashamagan bor yo’g’i bir asirga yaqin umir kechirishgan,shu qisqa vaqt ichida ular buyuk ishlarga ulgirishgan ku, nega biz buncha shoshilib ko’p narsalardan vos kechishimiz kerak axir hamma narsani o’z vaqtida qilsak ulguramizku, sekin shoshilsak bo’ladiku .Nega odamzotni tushunish qiyin bo’lib boryapti axir hattoki bo’ri qo’lga o’rgatildi.Odamzotni bunchalik o’zgarishiga tinch qarab tursak adolatsizlik bo’lar urush yillarida bizni ota bobolarimiz o’n beshtalab umuman begona bo’lgan bolalarni insonlarga g’amxo’rlik qilishan o’zi och qolsahamularga topgan narsasini bormehrini ulashgan hozir yaxshilab birchetda turib kuzatsak o’zo’zidan savol7paydo bo’ladi nega bunday insonlar kamayib ketayapyti ularni ko’payishiga yordamlashaylik yaxshilikka chorlaylik.Ta’savvur qilaylik shakar shirin uni ustiga tuz qo’shilsa qanday tam vujudga keladi , ularni deyarli tashqi ko’rinishi juda o’xshash,shakar bilan tuzni ajratib ololmaymiz huddi shunday yaxshi insonlar ichiga yomonlar har xil texnalogiyalar yoki umuman yod mintalitetimizga to’g’ri kelmaydigan odatlar qo’shilishini oldini olaylik.Dunyoni rivojlanishiga bizni ota bobolarimiz katta hissasi tekgan ma’lum bir vaqtlar davomida esa yevropaliklar rivojlanishni o’z qo’llariga olibo’zlariga taqlid qilishga o’rgatdi biz ularga emas endi ular bizga taqlid qilib rivojlanishi lozim vaqti keldi endi.
Dunyodagi eng shirin narsaning oxiri achchiq.Shirinni va achchiqni me’yorini saqlaylik e’tiborli bo’laylik.
Har bir o’tgan kuningda qilgan yaxshiliging ilohiy yashash uchun qo’lga kiritayotgan yo’llammadir va umring davomida shu yig’gan yo’llanmalaring seni ilohiy umri boqiylikka sazovar qiladi.  

 
 


Manba:Tarona.net
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3458 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Hikoya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
legend_98 yes
Tog'ri gaplar lekin hamma ham shunday fikrlashmaydi,
Hozir ko'pchlik faqat o'zini o'ylidigan bo'lib ketgan, odamgarchlik mehr-oqibat yo'qolib faqat dardu-hayoli pul-boylik to'plashda,
to'gri bekami ko'st yashash kere lekin hamma narsani ortiqchasi zarar.
Hech kim u dunyoga yig'b terganini orqalab ketolmidi, faqat savob-u gunohlarini olib ketadi.
Bu dunyoda faqat yaxshlik abadiy qoladi, bir birimzga g'animatmz odamgarchlikni unutmaylik, odam bolib keldik odam bo'lib yashilik.
Like | 0
Love99 Kop tori gapla yozilipti. Qoyil. Erinmasdan oqb chqila
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное