Anvar Sanayev - Yig'la ... Anvar Sanayev - Yig'la ...
Jasur Umirov - Vatan (V... Jasur Umirov - Vatan (V...
Bunyodbek Saidov - Anji... Bunyodbek Saidov - Anji...
Farhod va Shirin - Seni... Farhod va Shirin - Seni...
Qilichbek Madaliyev - Y... Qilichbek Madaliyev - Y...
Hulkar Abdullayeva - Yu... Hulkar Abdullayeva - Yu...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Choli Qushi-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Pazanda - Soundtrack
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Ikkilanish: uni qanday engsa bo`ladi?
 



Ba`zan biror qaror qabul qilish, uni amalga oshirishdan qiyinroq bo`ladi. Ikkilanaveramiz, ikkilanaveramiz. Ko`ylakning qorasini kiysammikan, qizilinimi?  Moshxo`rda qilsammikan, mastavami degan oddiygina beqarorlikdan tortib shu yigitga turmushga chiqsammikan, yo`qmi, ajrashsammikan yo yana biroz sabr qilaymi degan muhim ikkilanishlargacha har birimizga tanish. Qaror qabul qilmay vaqtni cho`zaveramiz, aniq bir gap aytmay, mujmal javoblar qilamiz. Bu ma`lum muammolarni yuzaga keltiradi. Shu sababli qanday qilib dadil qaror qabul qilish borasidagi maslahatlarimizga quloq tuting.

Echimga olib boruvchi yo`l ko`p bo`lsa...

Biror vaziyatning echim variantlari qancha ko`p bo`lsa, odam bir to`xtamga kelolmay shuncha ikkilanadi. Agar variantlar bor-yo`g`i ikkita bo`lsa, qaror qabul qilish ham osonroq kechadi. Echim ustida kamroq bosh qotirib, tezroq qaror qabul qilamiz. Shu sababli imkon qadar tezroq ehtimolli echimlarning nomaqbullarini hisobdan chiqarib, eng maqbul ikki variantni qoldirish kerak.

Xatoni takrorlab qo`yishdan qo`rqmang

Albatta, xato qilmaydigan odam yo`q. Ammo ayrimlar ana shu xatolardan olgan salbiy tajribasini ortmoqlab, butun umr yuraveradi. Aslida, ana shu yomon tajribalarni elkadan uloqtirib tashlab, faqat xushyorlikni olib qolish kerak. Odamga ikkinchi imkoniyat bersa bo`ladi, hattoki u odam o`zingiz bo`lsangiz ham.

Oniy foyda

Ikkilanish ko`pincha qulaylikni yo`qotish qo`rquvi tufayli yuzaga keladi. Masalan, birov bilan gaplashib orani ochiq qilish kerak, ammo noqulay suhbat asablaringizga salbiy ta`sir qiladi, tinchligingizni buzadi. Shu sababli siz uni ortga suraverasiz, hatto bu kechiktiruv o`zingizga zarar bo`lishini bilsangiz ham. Maslahatimiz: vaqtni cho`zmang, ishga kirishing!

Yo`qotilganlarga achinish

Bir marta muvaffaqiyatsizlikka uchragach, ishni qaytadan boshlashga hamma ham jur`at etolmaydi. Ana shuni bilganingiz uchun qarorni cho`zaverasiz. Maslahat shuki, yo`qotadigan narsalaringizni taroziga solganingizda faqat vaqt ortga qaytmasligini, qolganini topish mumkinligini unutmang.

Munosabatlar buzilishidan qo`rqish...

Biz har doim atrofdagilar bilan yaxshi munosabatlar saqlab turishga harakat qilamiz. Ammo bizga yaqin ikki odam orasida birini tanlashga to`g`ri kelsa nima bo`ladi? Bu oson tanlov emas. Masalan, eringiz va akangiz o`rtasida ziddiyat chiqdi. Istasangiz-istamasangiz bu sizga ham daxl qiladi. Aralashmay chetda turishingiz mumkin emas. Nima qilmoq kerak? Sizda bitta yo`l bor: ularni murosaga keltirish. Qaror qabul qilmay, ikkilanib turaversangiz, yaqinlaringizdan biri bilan yuzko`rmas bo`lishingiz mumkin.

Bolangiz siz kabi bo`lmasin!

Unga nisbatan haddan ortiq qattiqqo`l bo`lmang.
Buyurgan ishingizni qilmasa, qattiq jazolashga shoshilmang.
Boladagi atrofga, voqea-hodisalarga nisbatan befarqlik, tashabbussizlik odatlarini yo`qotishga harakat qiling.
Kichkintoyning har qanday tashabbus va mustaqilligini mukofotlang.
Bolangizning sizga yoqmagan tashabbus va istaklarini qayirib tashlashga shoshilmang, uni foydali yo`singa burishga harakat qiling.
Farzandingizga eng yaxshi ibrat – o`zingiz. Uning oldida ikkilanishlaringizni ko`rsatmang, iroda va qat`iyatingizni namoyon qiling.

Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 2626 | Голосов:: 1| Теги:: maslahat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 18:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Shoxruz (Abadiya) - Alo  
. Anvar Sanayev - Yig'la Sevgilim  
. Shoxrux - Yoronim  
. Umidaxon - Ты Обещала  
. Sherzod Bek ft. Umidaxon - Soy Bo'yida  
. Sherzod Bek - Лицо Возлюбленной Моей  
. Shoira Otabekova ft. Yakzon - Ikkiyuzlamachilar  
. Mirzabek Xolmedov - Ota  
. Farrux Xamraev - Yolg'izman  
. Ruhshona - Yomg'ir  
. Sherzod Bek - Yur Muhabbat (Sevara Cover)  
. Umidaxon - Sevgi Alam (Sevara Cover)  
. Xushnud - Seni Olib Ketgani Keldim  
. Mavluda Asalxo'jayeva - Ana Ana  
. Yulduz Usmonova - Jim Dunyo  
. Yulduz Usmonova - Yormikan  
. Yulduz Usmonova - O'zbegoyim  
. Yulduz Usmonova - Hech Qachon  
. Yulduz Usmonova - Shoh Mashrab  
. Yulduz Usmonova - Bahorim  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola