Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ilon Mask AQSH prezidentligiga qaysi nomzodni qo‘llashini aytdi
Amerikalik biznesmen Ilon Mask Florida gubernatori Ron DeSantis 2024 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qilsa, uni qo‘llab-quvvatlashini Twitter’dagi sahifasida yozdi.  

Milliarderning qayd etishicha, u avvalroq demokrat Barak Obamani qo‘llab-quvvatlagan va istaksiz bo‘lsa-da, respublikachi Donald Trampga emas, demokrat Jo Baydenga ovoz bergan.

“Ammo so‘z erkinligi kuchli demokratiyaning asosidir va u ustuvor bo‘lishi kerak. Men 2024 yilda prezidentlikka aqlli va markazlashtiruvchi odam saylanishini afzal ko‘raman. Men Bayden ma’muriyatida shunday bo‘ladi, deb umid qilgandim, ammo hozirgacha hafsalam pir bo‘ldi ”, deydi Mask.

Avvalroq Fox News telekanali prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan nomzodlar, jumladan, Tramp vitse-prezidenti Mayk Pens va Florida shtatining mashhur yosh gubernatori Ron DeSantisni e’lon qilgan edi. Shuningdek, AQSHning sobiq yetakchisi Donald Tramp ham o‘z nomzodini qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1219 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ilon Mask, Qaysi, Prezident, aytdi, nomzodni, AQSH, qo‘llashini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное