Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Klon-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. TisMarHan-soundtreck
. Pazanda - Sad Love
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

"Ishani"dan tomoshabin nega norozi?!

“Yoshlar” телерадиоканали директорига очиқ хат!
 Ҳурматли Хайрулла Боқижонович!
Жуда кўпчилик телетомошабинлар талаби ва илтимосига кўра, бугун ушбуни улар номидан сизга тақдим қиламиз. Биласизми, сизга алоҳида миннатдорлик билдирамиз. Нега, дейсизми? Бунинг сабаблари анчагина. Хоҳласангиз, эринмасангиз, энса қотирмасангиз, бирма-бир етказамиз.

1. “Yoshlar” телеканали орқали неча ойдан бери Ўзбекистон халқини ўзига “ром” этиб келаётган “Сенга ошиқман” (халқ ичидаги номи “Ишани”) телесериали учун сизга раҳмат! Шу сериал туфайли биз Ҳиндистон қамоқхоналари қандай эканлиги ҳақида маълумотга эга бўлдик. Дунёда энг шинам ва қулай қамоқхона Швейцарияда эмас, айнан ҳинд заминида эканини билиб олдик. Чунки фақатгина шу ердаги маҳбусхоналарга одамлар истаганча кириб-чиқиши, хоҳлаган одами билан мулоқотда бўла олиши мумкин экан. Биз бўлса, уни қудратли мамлакат деб, хомхаёл билан яшардик. Ҳақиқатни ошкор этганингиз учун ташаккур!

2. Айнан шу сериал орқали ўзбек халқи янгича удумлару одатларни ўрганишмоқда. Масалан, янги келинларнинг эрларига нисбатан ҳийлалари, қилиқлари, нозларию макрлари, аввал турмуш қуриб, кейин ажрашаман, деб, ажрашиб улгурмасидан бошқа оила қуриш, қудаларнинг даҳанаки жанглари, дабдабали дабдала тўй маросимлари (ўзи шу одатларни йўқотиш учун аёвсиз кураш олиб борилаётган бўлса), ётоқхонадаги оилавий кўриб бўлмас саҳналар ва ҳоказою ҳоказолар...

3. Ҳурматли Хайрулла Боқижонович! Бемалол хурсанд бўлаверинг. Ниятингизга аста-секин етмоқдасиз! Мана, биринчи ўзбек фарзандига Ишани исми қўйилди, Қашқадарёда. Келажакда шу Ишани болаларига Ишани ким, деб сўраса, нима деб жавоб беради? Жавобни “Yoshlar” телеканали беради, деса керак-да, а? Ўша пайтда ҳам такроран намойиш қиларсизлар балки.

 4. Бемалол хурсанд бўлаверинг. Ёш қизлар номаъқул одатларни ўзлаштириш билан бирга қўлларига татиуровка чизиб, ўша сизлар “замон қаҳрамони”га айлантирган Ишанига тақлид қилиб улғайишмоқда. Сизга ҳеч қандай адоватимиз йўқ, бу ёзганимиздан уялмаймиз. Аксинча, сиз шундай сериални намойиш этаётганингиздан ор қилинг. Ўзбек бўлсангиз агар, фарзандларингиз “Yoshlar” телеканалини томоша қилса, сиз номус қилинг! Бошқа гапимиз йўқ!
 Cанжар Саид
 
(Eslatma: Ushbu xat ya'ni murojaatni Tarona.net saytiga hech bir aloqasi yo'q, bu xat saytimizga noma'lum bo'lgan Sanjar Said taxallusidagi yigit tomonidan yozilgan va extimolkim Yoshlar teleradiokanali ma'muriyatiga ham taqdim etilgan. 
Ushbu murojaat bir qancha sayt va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani bois, siz muxlislar ham ushbu xat mazmuni haqida habardor bo'lishingiz uchun saytga yuklangan. Siz ham bunga nisbatdan o'z fikringizni bildirishingiz uchun! Ammo yana bir bor aytamiz uni sayt ma'muriyatiga va adminlariga aloqasi yo'q.)


Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 31415 | Комментарии: 51 | Рейтинг: 1| Рейтинг: tomoshabin fikri, Senga Oshiqman, Ishani, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 511 2 3 »
shaxboz2882 aslida bu ishlar odatga kirip kogan kim yoki nimadur tepaga kotarilsa oyogiga osilasila yomon ekan nega korasan sen ifatli ekan san babom aytardila nimayiki kylmokcy bolsan hamma ga yokadiganini yoki hammani tan olganini kyl derdila
Like | 0
4103413 kino'ga gapyo odami qanaqasiga ayntadi uyatsz joylari yoku yo ko'rdilami uyatsz joyini. Admin iloji bo'sa kunli seryasini yozin iltimos tvdamas netda o'qidigonlayam boruu
Like | 0
Dilnoz@tuxliyeva Kino yaxwimi yomonmi ammo qiziqarli uzi yemas etga bermas deb uzingiz kurmasngiz birovni xam kurmiydi demasada odamla
Like | 0
Dilnoz@tuxliyeva Salom admin nega iwanini har kunlik voqealari yozmayapsz iltimos yozing
Like | 0
6877746 Bu xatga tarona.net ni aloqasi b6masa nma keregi bor bunaqa gaplani cqarib qoyiwi? Hamma har xil qabul qladi lyuboy gapni. Haftali voqeala rivojini kutib qolaman
админto'g'ri hamma har-hil qabul qiladi, bu habar haqida muxlislarni ogohlantirish uchun ham sayt ma'muriyati buni chiqarib qo'ygan!
Like | 0
alcatel4304 Kimga bi kino yoqmasa kõrmay qõyaversin, tanqidga nima gap? Kõrolmaslik bowlandiiiii
Like | 0
Murzayeva Iwanini davomini yozvoringla admin kutyapmiz
Like | 0
salomjon123 ooohhhooooooooo vayeyyyyyyyyyyyy
Like | 0
@AAA@ Xammani o'zini mustaqil fikri bor
Like | 0
Ishaani Endi toxtatiwsa ham bomaydi.da a hamma bu kinoni kóraman deb ólib yotibdi agar yowlada qöyiwmasa ana hamma diskisini kôraveradi umuman uzilmagan bir tekis qöyilgan . Wuning uchun diskini körgandan ôwa yowlardan "öwa" joylarini uzib körgân yaxwi keyin undan 5 battar kinolani kôriwadiku bu u filmlani yonida xolva misol kareslaniki italya ispaniya seriallari ayniqsa kiyiniw borasida qasoskor burgutdagi liboslar bulaki ötib tuwadi endi őylang qaysi filmni köriw kerakligini. Lekin bu serialga gap yöq ayniqsa sevgisiga sadoqati wahsan manga juda yoqdi hozirgi kunda sevgi ôyin bólib ketgandi a bu kino sevgiga sadoqatni ôrgatadi . Bu mani fikrim lekin filmni tóxtatiwmasin iltimoș.?!
Like | 0
abbos996 Kinoni ancha qismi namoyish etib bulindi endi toxtatiwsa ko'plab noroziliklarga sabab bo'ladi ikkincidan to'xtatgan taqdirda ham diskla chiqib ketgan endi foydasi yo'q uchincidan serialga qiziqmaydiganlas uni haftalik voqealarini uqiwmasin yoki tomowa qiliwmasin bu yerda tarona.net saytini aybi yo'q ular muhlislani talabi bilan mana wu iwga qo'l uriwgan olga tarona.net wunday davom etaveriylar charchamanglar omad"
Like | 0
Orzinho Endi to'xtatgan bilan foydasi yo'q. Disklsri chiqib ketdiku har kim ko'rishi mumkin. Xohlagan odam xohlagan qismini ko'rishi mumkin. Yoshlar TV kesib tashlagan kadrlarini. Shaxsan manga kino yoqmadi. Juda sayoz ishlangan. Shunchalik qahramonlari soddaki kulging keladi. Ayniqsa bir ko'zim tushganda sud jaroyonids har kim kirib telefonini olib chiqib ketishi, sudda boshqa niqobda kirib kelishi kulguli.
Kinoni qo'yishadimi yo'qmi bunisi manga qiziq emas faqat yoshlarimiz ko'rayotgani uchu ba'zi sahnalarini uzib tashlashsa bo'lardi. Bazi joylarida haddan oshganda, kiyimlariga ham qoyil qolmadin ulani.
Like | 0
6877746 Yomon kino u bu gaplani yozvotgan bolla diqqatiga, kak budto 6zila k6rmislade bu kinoni aaa?? Qizu b6masa slaga unda nme tarona.net ga kirib aynan wu serial b6limini tanlab undegi maqola va izohlani 6qivosla. Odamlani yonida man kormiman serial u bu gap db 6zini erke qb karillab uyda 6tirvolib serial koriwadi bunaqa ERKELA.keynchi yana Adminni 6zi etiroz bildirvotgandiyuu Yoshlar kanali filmlani qisqartiriwi yaxwi k6radi db. Oldin yoqmasdiyu ayrim joylarini qisqartirsa. Endi bunaqa gaplarin chqvotimi? Unda nma qlardila serialni har kunligini yozib.endi 6zila yomonlavoslami??? Ja qiziq sayt chqib qoldiyu bu tarona dganlari
админBu hat sayt ma'muriyati tomonidan yozilmagan!!!!
Like | 0
raxshona salom bu gaplar qayoqdan chiqdi bu kinoni tarbiyaviy ahamiyati ham borku kinoni har bir insonni o`zini ko`rishiga bog`liq avvalgi xatlarda 1kishi bu kinoni faqat qishloqdagilar kurib omi bulishyapni degandi bu kinoni shahardagilar kurmayotgan emish aksincha qishlog`dagilar vaqtini topib kurib to`g`ri xulosa chiqargan o`sha yomon bo`lib ketgan qizlar avvaldan yomon bo`lgan 1kino ulani 180gradusga o`zgartirib yuborishi aqlga sig`maydiku qu-dalar o`rtasidagi munosabat esa avvaldan bo`lgan Qashqadaryodagi qizaliq Ishaniga keladigan bulsak u gaplar 1tomondan to`g`ri.
Like | 0
jahon-aq Admin hech qachon bunday bumagan Iwaniy zor kinoga gap yo
админushbu xatni Tarona.net saytiga hech qanday aloqasi yo'q!
Like | 0
elninob obbo qayerda yog sabablar boshqa ish topishalmabdimi bular.bittasi qiziga ishani db ism qoyibdi jinnimi u.agar bu serial qoyilmasa birinchi bolib osha janjal qisa kere.
Like | 0
azikaaaa96 Xammani ornidan javob bermang sizga yoqmasa deme bowqalar koriw keremas deganimasu kino judayam yaxwi olingan tarbiyaviy axamyatga ega eng asosiysi oila muqqaddasligini ifodab berilgan
Like | 0
sanjar_777_77 Ee gapyo admin. Shu serialni majbur korb qolaman bazida chunki uydagila koriwadi. Asablarim chidamidi. Serialni kamchililari juda kop. Kinoda mayda chuda gaplar kop. Bu serialni uzaytiriw uchun. Bu serialdan ken xind kinolaridan konglim qoldi
Like | 0
Humoyun24 o'xo' boplapdiyu a
Like | 0
cardex397 Ha endi vafo sabr shu lo'li milatdan organar ekanmizda aqlinani yemangla ishani deb ism qoyibdi bu tabiy hol bolib qoldi ku axir jumong maradona deb qoygandan keyin sevgini organganlar bor emish kim shu kinoni originol holatda kordi tan olib aytina oilaviy kinomi shu agarda shu ketisgda bolsa ertaga ogliga maykl scofilt deb ham ism qoyadi biz ozbeklarga yarashadimi eriga men shuni sevib qoldim deyish biza o'zbekmiza o'zimizga bekmiza
Like | 0
1-20 21-40 41-50
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное