Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Titanik-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Senga Oshiqman: Telekanal faqat bir kishi uchun xizmat qilmaydi!

Senga Oshiqman seriali to'xtatilganidan juda ham ko'pchilik hafa! Hattoki jurnalislarimiz ham bu haqida o'z fikrlarini bildirib o'tishmoqda:
Assalomu alaykum! Men “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida muxbir bo‘lib ishlayman. Ayni paytda bola tarbiyasi bilan uy bekasiman. Saytingizni kuzatib boraman. Yaqinda “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etilgan “Senga oshiqman” seriali haqida turli fikrlarni, tanqidlarni har joyda o‘qib qoldim. Shu haqda o‘z fikrimni bildirmoqchiydim. Iloji bo‘lsa, saytda e’lon qilsangiz...
"Senga oshiqman" seriali, tan olish kerak, juda ko‘p muxlislar e’tiboriga tushdi. To‘g‘ri, ba’zi joylari har qanday kishini ensasini qotirishi tabiiy. Lekin chuqurroq o‘ylab qaralsa, inson o‘ziga xulosa chiqaradigan joylari ham bor. Ayniqsa, bosh qahramon - Ishanining har qanday holatda ham yaqinlari uchun o‘zini qurbon qilishi hayotga unchalik mos kelmasa ham, bir-birimizga mehrli, oilaga sadoqatli, oqibatli bo‘lishga undaydi. Ayrim joylarini hattoki ko‘z yosh bilan ko‘rasan, kishi. Kimlargadir esa bu erish tuyulgan shekilli, ta’na toshlarini otishmoqda. Qaerdadir bir bola o‘zini osib qo‘yibdi, kimdir qiziga “Ishani” deb ism beribdi. Xullas, bu gaplar serialga nisbatan, uni nmaoyish qilganlarga nisbatan ta’na toshlari otishga asos bo‘la olmaydi. Bu hayotda har kimning o‘z qarichi bor. Nima, telekanallarimizda berilayotgan boshqa kino yoki seriallarda urush, o‘zini o‘ldirish kabi sahnalar yo‘qmi?! Uni har kuni ko‘rish mumkin. Ekranda bo‘lmasa, bunday disklar tiqilib yotibdi. Balki, yosh bolalarga o‘sha seriallarni (xususan, sevgi, qotillik to‘g‘risidagi) tomosha qildirayotgan biz ota-onalar, o‘zimiz aybdordirmiz. “Ishani”ga asosan, o‘smir qizlar taqlid qilishi mumkin. Ularga serial ko‘rgandan ko‘ra darsingni qil deb o‘zimiz aytishimiz kerakdir, balki?! Xullas, aytmoqchimanki, biror narsadan yaxshi xulosa chiqarish ham, yomon xulosa chiqarish ham o‘zimizga, dunyoqarashimizga bog‘liq. Buning uchun kimnidir yoki nimanidir ayblash, bu o‘z fikriga ega bo‘lmagan, dunyoqarashi tor odamlarning odatiy xulosasidir. Ba’zida biror o‘zbek filmi yo seriallarini ko‘rsak ham ensamiz kotib ketadi. Lekin bu kimlarnidir qanoatlantirishi tabiiy. Teleekran faqat bir kishi uchun xizmat qilmaydi! Millionlab odamlar talabini qondiradi. Aytishadi-ku, hamma narsaga yaxshi ko‘z bilan qarasang, chiroyli ko‘rinadi!

 
Nafisa ISMATULLAYEVA


Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 24656 | Комментарии: 34 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Senga Oshiqman, Ishani, Senga Oshiqman haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 341 2 »
Janar Admin nega bu yerda muxokama qilyapmiz bu sayitni televidiniya oqidimi wunwa odamni iltimosini inobotka oladimi
Like | 0
raxshona Salom admin senga oshiqman serialini diski ham,uni kartinkachalarini chiqarish ham taqiqlab qoyilibdi nima endi qoyilmaydimi???iltimos javobingizni ayting...hamma kinoni sogindi!!!
Like | 0
ajdaho2728 Senga oshiqman seriali menga juda yoqadi. o'zim chet elda yurgan bo'lsam xam bu serialni tarona.net orqali ko'rib bordim. Bu serialni muxlislari chet elda xam juda ko'p
Like | 0
Janar Senga Oshiman seriyalini endi qoyib bermaydi shekili :'(
Like | 0
raxshona admin `mehmonxona`serialini ayting umuman qo'yishmasi aktyor aktrisalari soxta rol bajargan,milliy serial deb chet elga to'laqonli taxlit bo'lgan.ko'p eshityapmiz senga oshiqman seriali tarbiyani buzarmish axir tarbiyani serialmas ota ona beradiku,oilasida sog'lom muhit bo'lmaganlargina atrof muhitdan tarbiya oladi.mana vaxtida mani ota onam rossiya kanallrini kurishgan lekin tarbiyalari buzilmagan hozir hayotda hammaga o'rnag bo'la oladigan shaxs bo'lib shakllangan tarbiya serialga mas ota onaga bo'liq-ku...tarbiyani poydevori mustahkam,to`g'ri bo'lsa uni hech qanaqa serial buzaolmaydi
Like | 0
raxshona salom senga oshiqman serialini endi qo'yishmaydimi oxirigacha yetkazib bilsagina qo'ysin edi bo'lmasa,jangari film tarbiyani buzmaydiyu,ramantik kino buzar ekanmi?sizlardan iltimos yoshlar tv kanaliga yetkazing kinoni oxirigacha yetkaza olsagina qo`ysin bo'lmasa umuman yig'ishtirsi.`qizil burgut`,`gumbaz ostida`,`qirolicha(framsuz tarixi)`,`qasoskor zamin`seriallari ham mavhum qoldi .
Like | 0
Casio Кайердаги бачканалани дб енди бу сериални кайтб куромемзми
Like | 0
raxshona salom Admin yoshlar telekanaliga negadur izoh qoldirib bo`lmayapti o`zi qo`yisharmikan iltimos qo`yishsin barcha kino muxlislari intiqib kutishayapti,shu adolatdanmi???
админbu bo'yicha faqat bizning sayt ma'muriyati emas, bir qancha tashkilotlar Yoshlar teleradiokanali bilan baxslashmoqda. Ularning javobi esa hudo hohlasa namoyish etamiz, bo'lyapti.

Xurmat bilan: Madina!
Like | 0
VALIDE-SULTAN Assalomu aleykum :-) Senga oshiqman en yaxshi serial!!!!! Raso sogindimiz ....qachon davomini kuramiz Yoshlar telekanalda....???? Bu kino tarbiyavi, muxabbat va sadoqat haqida... ku nimasi yomon?
Like | 0
Janar Нега бир одамни гапи билан канша одамларни кутирш шартмы шу инсофтанми кайтарип корсатинлар илтимос:'(
Like | 0
Tematibek Bemaza qovundi urugi kop boladi diyishadi buni ham faslari kop ekan
qoyishmagani maqul tayor diski chiqb odamlar oxirda nima bolishni aytib berishyaptiyuu
Like | 0
Ixtiyor1996 Yoshlar telekanali muxbirlariga millionlab muxlislar xat yozishmoqda ammo bunnmg natijasi korinmayapti.
Biz muxlislar tarona.net adminidan filmning davomi yozishlarini sorab qolamiz.
Muxlislar taklifi qondirilishini sorayman
Like | 0
umarcik ADMIN YANA QOYILADIMI TELVIDINYADA YENGILILA BORMI
админbolib qolsa habar beramiz.
Like | 0
umarcik Yowlar kanali serialli bowladilami oxirigaca yetqazila
Like | 0
tele2 Eya xudaga shukur umuman yuq qisin bu serallardi. Uni uriniga uzimizni milly serallarimiz quyishsin hatto ming marotaba quyishgan bulsa ham
Like | 0
dililicha Sizga kerakmasdir. Sizga yoqmasa,kurgis kelmasa boshqa filmlarni tomosha qila vering. Muxlislari intiq bulib kutishayapti senga oshiqman serialining davomini. Sizni hechkim majburlamaydi bu serialni kir deb. Bu serialni dushmanidan muxlisi kup bulaversin <_<
Like | 0
abdurawid97 Айб кимда админ ака? %) B)
Like | 0
asal4953 Umman qöyiwmasin kerakmas bu ceryal. <_<
Like | 0
Dilnoz@tuxliyeva Ota -bobolarimiz aytiwgan bir iwni bowladingmi oxiriga yetqaz deyiwgan kinoni oxirigacha kuriw kerak deb uyliyman bu sahifada tugri yozibdila har bir kinoni yowga bowliqligi bor yosh bolalar bu kinoni kuriwguncha multfilim kurgani maqul iltimos bu kinoni davomi quyiwsin
Like | 0
1-20 21-34
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное