Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SENGA OSHIQMAN

Ishanidan tomoshabin norozi emas, (Bu uydirma)

Assalomu alaykum hurmatli o'quvchim, yodingizda bo'lsa bir necha kun avval saytimizda "Tomoshabin nega Ishanidan norozi?" degan nomdagi maqola chop etilgan edi, Ushbu maqola sayt xodimlari tomonidan tayyorlanmagani, aslida u boshqa sayt va boshqa muallifga tegishli ekanligini aytib o'tgan edik, Bu maqola chop etishimizdan asosiy maqsad tomoshabinlarning bu murojaatga bo'lgan asl munosabatlarini bilish edi, Biz bir qancha foydalanuvchilar fikrlaridan foydalangan holda, o'sha maqolaga qarshi ushbu maqolani tayyorladik...

Bugungi kunda Serial muxlislari shu qadar ko'payib ketdiki, buni sanab sanog'iga yeta olmaymiz. Hattoki yosh bolalarimiz ham ushbu serialni tomosha qilishmoqda. Shu o'rinda tabir joiz deb aytaman uni sevib tomosha qiluvchilar ham, serial ustidan kuluvchilar ham ko'plab uchramoqda. Ayrimlar eeee rasa ezma kino ekan, jonga tegdi, yoqmadi manga kabi so'zlarni aytishadiku, ammo baribir o'zlari ham soat 21:10 da TV da Yoshlar teleradiokanalini tamosha qilishadi.
Yoki bo'lmasam, serialda unaqa joylari bor ekan, ma'naviyatga va mentalitetimizga qarshi bo'lgan saxnalar mavjud ekan degan ma'nodagi etirozlar ham uchramoqda, Ho'sh agar o'zlari ham har bir qismini ko'rishmasa bunday saxnalar bor ekanligini ular qayerdan bilishmoqda?
Bugungi kunda Ok.ru, instagram va boshqa ijtimoy tarmoqlarda "Senga Oshiqman" guruhlarini tashkil qilib, unda turli-xil ma'lumotlar kiritib borishmoqda. Hattoki senga oshiqman nomi bilan turli-xil saytlar ham ochib tashlashibdi. Ularda maqsad bitta, odam ko'paytirish, pul to'plash.
E'tibor bergan bo'lsangiz hatto bozorlarimizda daftar jildlarida ham Serial qaxramonlari sur'atlarini tushirib sotishmoqda. Albatta bu qaxramonlarni xozirda yosh bolalarimiz ham ko'rishini hisobga olsak, ular birinchi o'rinda shu daftarni olgilari keladi. Disklari sotilmoqda, Xo'sh Yoshlar teleradiokanali ushbu serialni namoyish etishidan maqsad nima? bunda ham birinchi o'rinda pul masalasi turadi, tarona.net sayti ma'lumoti Undagi reklama namoyishlari uchun ma'lum miqdorda pul olinadi, deb fikr bildiruvchilar ko'p, ammo bu mablag'ning asosiy qismi serialning dublaji uchun sarflanadi. Siz uni shuchaki bepul tamosha qilasiz, ammo unga qalbini berib, ovoz berayotgan aktiyor va aktirisalarimiz bu uchun ma'lum miqdorda to'lov, haq olishsa kerak, to'g'rimi?
Bizga shuncha vaqt va mablag' sarflab tarjima qilib, kino va seriallarni taqdim etib borayotgan teleradiokanaldan shunchalar hafa bo'lishimiz to'g'rimi?
Bugungi kunda ko'plab serial va kinolar namoyish etilmoqda, ho'sh nega ular haqida yozishmaydi, ularda ham turli-xil saxnalar, tabir joiz bo'lsa o'sha siz uyatsiz yoki mintalitetimizga zid bo'lgan saxnalar borku, nega ular xaqida yozmaysiz. Sizdan ko'pchilik, buni yozishni iltimos qilgan ekan, ho'sh o'shalar kimlar? Boshqa seriallar haqida yozmaslikga faqat bitta sabab, uni muxlislari Senga oshiqman kabi ko'p emas...
Tanqid qilishga boshqa mavzu yoki film yo'qmi? Misol uchun oddiy o'zimizning filmlarda ham chegaradan chiqilgan saxnalar bor deb bilarsiz unda? Shaxsan man Hind filmlarida uyatsiz joylarni hech ko'rmagandim, Albatta o'zbek filmlarida ham bu kabi saxnalar mavjud emas, Lekin nega hindlarning bu filmiga e'tirozlar bo'lganini tushunaolmadik.
 

Senga Oshiqman serialiga nazar solaylik ayollarining bari milliy libosini (sariy) o'ragan, To'y marosimlari ham hind rasm-rusm va odatlariga ko'ra o'tadi, Bizning filmlarimizchi? kundan-kunga qizlarimiz milliy kiyimlaridan qochib, zamonaviy horij kiyimlariga qiziqish bildirishgani e'tiborimizni tortmaydimi?
O'zimizning filmlardagi qahramonlar shunday kiyim kiyishsa, uni ko'rgan tomoshabindan yana nima kutish mumkin??? Bir muallif uzbek to'ylariga horijdan kirib kelgan yana bir udum, "Love Story" haqida yozibdi, bu fikrga to'liq qo'shilaman, naxotki endi biz o'z madaniyatimizni chetga surib, horij madaniyatlarini o'zlashtirsak, Bular bizning madaniyatlarimiz, qadiryatlarimiz yo'qolib ketishiga sabab bo'lmaydimi???

Hurmatli o'tkir qalab soxiblari, sizlardan iltimos, Ishanidan ko'ra shu kabi dolzarb mavzularni ko'tarib chiqinglar! Bu kabi muammolar ko'p uchragan bir paytda, bir serial haqida muxokama qilish, uni tanqid qilish to'g'ri bo'larmikin...

Bir inson qiziga Ishani deb ism qo'ygan, Ho'sh... Bir O'zbekistonlik ota o'z o'g'liga Messi yoki Zidan deb ism qo'yganda, bu haqida shov-shuvlar tarqalganda nega fudbol federatsiyalariga norozilik bildirmadik, kelajakda bu bolalar ham balkim ismlaridan uyalishar... Bu kabi so'zlar eshitganimizda, ha umri uzoq bo'lsin deb qo'yardik-ku...


 
Shu yerda aynan o'sha maqolaga aytib o'tilgan bir qancha izohlarni keltirib o'tmoqchiman, ushbu izohlarni saytimiz foydalanuvchilari bildishgan:
Woxsanam пишет: | 06.09.2015 | 08:02
Salom admin yangililada iwanidan tomowabinlar norozi diganini öqib chiqdim wunga özimni fikrimi aytmoqchiman senga owiqman bu kino 100% dan 10% insonlaga yomon tasir qivotgandur ammo 90% insonla bu kinödan köp narsani örganiwvotdi. Masalan: iwani özbowimchali qimasdan xich bömasa onasi bn maslaxat qiliw keregidi bötda öz bowimchali nimalaga obkeliwi keng yoritilgan erga qanaqa muomala qiliw kere, yigitlani xar bir gapiga iwonib qomaslik vaxakazo bu kino manimcha tarbiyani örgatvoti bu mani fikrim yowlar teleradiyö kanalani aybdorde yozibde bu kinöyam maslaxatlawib keyin ekranga chiqadiku

Dilnoza shaydo пишет: | Вчера | 20:58
Kino yaxwimi yomonmi ammo qiziqarli uzi yemas etga bermas deb uzingiz kurmasngiz birovni xam kurmiydi demasada odamla

Nargizaxon пишет: | 07.09.2015 | 23:41
Endi toxtatiwsa ham bomaydi.da a hamma bu kinoni kóraman deb ólib yotibdi agar yowlada qöyiwmasa ana hamma diskisini kôraveradi umuman uzilmagan bir tekis qöyilgan . Wuning uchun diskini körgandan ôwa yowlardan "öwa" joylarini uzib körgân yaxwi keyin undan 5 battar kinolani kôriwadiku bu u filmlani yonida xolva misol kareslaniki italya ispaniya seriallari ayniqsa kiyiniw borasida qasoskor burgutdagi liboslar bulaki ötib tuwadi endi őylang qaysi filmni köriw kerakligini. Lekin bu serialga gap yöq ayniqsa sevgisiga sadoqati wahsan manga juda yoqdi hozirgi kunda sevgi ôyin bólib ketgandi a bu kino sevgiga sadoqatni ôrgatadi . Bu mani fikrim lekin filmni tóxtatiwmasin iltimoș.?!

Raxshona Muslixiddinova пишет: | 07.09.2015 | 06:33
salom bu gaplar qayoqdan chiqdi bu kinoni tarbiyaviy ahamiyati ham borku kinoni har bir insonni o`zini ko`rishiga bog`liq avvalgi xatlarda 1kishi bu kinoni faqat qishloqdagilar kurib omi bulishyapni degandi bu kinoni shahardagilar kurmayotgan emish aksincha qishlog`dagilar vaqtini topib kurib to`g`ri xulosa chiqargan o`sha yomon bo`lib ketgan qizlar avvaldan yomon bo`lgan 1kino ulani 180gradusga o`zgartirib yuborishi aqlga sig`maydiku qu-dalar o`rtasidagi munosabat esa avvaldan bo`lgan Qashqadaryodagi qizaliq Ishaniga keladigan bulsak u gaplar 1tomondan to`g`ri.

sumayya yusupova пишет: | 07.09.2015 | 00:11
Xammani ornidan javob bermang sizga yoqmasa deme bowqalar koriw keremas deganimasu kino judayam yaxwi olingan tarbiyaviy axamyatga ega eng asosiysi oila muqqaddasligini ifodab berilgan

Bu kabi fikrlar ko'plab berib o'tilgan...
 

Yoshlarimizga yomon ta'sir qilmoqda degan fikrlar ham oramizda uchramoqda, Hurmatli ota-ona, Sizni farzandlaringiz bormi o'zi? Farzand tarbiyasi sizga bog'liq emasmi? Nima sizlar yosh farzandlaringiz kechki soat 21:10 da ham uxlamasdan TV ko'rishlariga ruxsat berasizlarmi? Naxotki biz shunchalar bo'ldik. Biz yoshlik paytimizda ota-onamiz uxlashga yotqizishganda yotib uxlardik. Endi esa ota-onalarimiz o'z farzandlariga gaplarini o'tqaza olishmayaptimi? Yana bir bor aytaman, bunga eng avvalo o'zimiz sababchimiz...
                Boshlang'ichda ta'lim oluvchi maktab bolalari ham odatda 21:00 dan so'ng uxlashga yotishadiku, Serialning takroriy namoyishi ham 16:10 da namoyish etilib, 17:00 gacha davom etadi, Ho'sh nega shunday bilasizmi? Chunki bog'chalarimiz 17:00 gacha ishlaydi, Bu ham tabir joiz bo'lsa yosh bolalarimiz ko'rmasligi uchun qilingan bo'lsa ne ajab.
                Yoshlar teleradiokanali shunday bo'lsa ham, bir qancha saxnalarni uzib, ayrim so'zlarga o'zgartish kiritib, bizning milliyligimizga moslab ovoz berishsa ham bunday norozilik xatlari sabablarini tushunmadim to'g'risi...

                Hurmatli o'quvchim, biz hatolarni boshqalardan yoki Yoshlar teleradiokanalidan izlamaylik, birinchi navbatda o'zimizdan izlaylik. Nima sabab shunday bo'ldi, Men qayerda hato qildim, deb o'zimizdan so'raylik. Shunda balkim javob toparmiz...
 
                Yana xalq orasida bularning bari tush bo'lar ekan degan gaplar chiqmoqda, sizga shuni aniq aytishim mumkin, Men serialning Hind tilidagi oxirgi namoyishini ko'rdim, bu albatta yakuniy qism emas, ammo unda hech bir tush xaqida gap so'z yo'q, Buni ham g'iybatchi, serialni ko'ra olmaydiganlarimiz chiqargan mish-mish halos.
tarona.net sayti ma'lumoti  Huddiki bu serial avval namoyish etilgan "Santa Barbara" kabi, juda uzun, jonga tekgan, Bu Ishani seriali ham huddi shu serial kabi oxiri hammasi tush bo'ladi, deb gap so'z chiqarib yuborishdi. Bu kabi gaplarga ishonavermang, hali hammasi oldinda, nima bo'lsa siz bularning barini birinchi bo'lib bizning saytimizdan bilib olishingiz mumkin. Tush bo'ladimi, yo boshqa saxna bo'ladimi? Habardor bo'lishimiz bilan albatta saytda yoritamiz! 
So'zlarimga hulosa qilib shuni aytib o'tsam: Serialning ko'plab saxnalari tarbiyaviy ahamiyatga ega, ko'plab insonlar undan tegishli xulosalar chiqarib olishmoqda. Sevgining faqat bir marta bo'lishi filmda aniq yoritilgan, boshqa filmlarga o'xshab bugun bittasini, ertaga esa boshqasini sevib ketuvchilar haqida emas. Bugungi kundagi ayrim uzbek kinolaridagi yengil-yelpi hayot, saviyasi past, bachkana va oddiy sevgi yoritilgan filmlardan ming marta yaxshiroqdir. To'g'ri men ham o'zbekman, O'zbekiston mening vatanim, Bundan faxralanman ham! Ammo tan olib aytishimiz kerak ayrim hususiy filmlarimiz juda oddiy bo'lib qolmoqda. bir haftada Film suratga olib tashlashmoqda. Bunday filmlar faqat bir marta ko'rasiz, keyingisini ko'rgiz ham kelmaydi, Senga Oshiqman serialini esa takror va takror ko'rgimiz keladi, Bizda ham yaxshi filmlarimiz bor ammo hozircha ular biroz kamroq, shuning uchun ham tomoshabin horij filmlarini ko'rmoqda. Agar Senga oshiqman seriali jonimizga tekgan bo'lsa shunchaki kechgi soat 21:10 da boshqa telekanalni ko'raylik, yoki bo'lmasam TV tomosha qilmaylik. Serialning muxlislari ko'rishiga esa halaqit bermaylik.
 
Ushbu maqola ko'plab muxlislarimiz va qiziquvchan insonlarimiz talab hamda istaklariga ko'ra yozildi, aynan qandaydur maqsadni ko'zlab yozilmagan, kimga yoki kimlargadur so'zlarimiz og'ir botgan bo'lsa buning uchun oldindan uzr so'raymiz.

 
Bir qancha mualliflar
ishtirokida Umidjon tayyorladi.

Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...


Manba:tarona.net
Категория: SENGA OSHIQMAN
Просмотров: 22098 | Комментарии: 20 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Senga Oshiqman
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 20
ZeRo727 to'liq qo'shilaman bu gaplarni hammasiga.ZO'R.Lekin yuqorida aytilgandek,aytildi ayrim so'zlar boshqacharoq tarjima qilinmoqda deb,men bunga umuman qarshi emasman,mayli boshqacharoq tarjima qilinsin lekin shu manoni keltirib chiqsa bo'ldi.Lekin serial paytida ayrim lafhalarda aytib o'tkaningizdek ma'naviyatimizga zid bo'lgan joylar uzib tashlanmoqda dedingiz.Lekin uzib tashlansa biz qayerdan bilamiz nima bo'lganini,iltimos iloji boricha uzilmasin.Man bu kinoni YOSHLAR KANALIDA O'zbek tilida ko'raman Mytube.uz saytida hind tilida ko'raman albatta yangi serialarni ular ham unchalik ma'naviyatimizga zid olishmagan,shuning uchun ham iloji boricha uzib tashlanmasin.
Like | 0
Nigow771 admin iloji bosa senga owiqman yangi rasmlaridan qoyin
Like | 0
roobiya745 Serial yoqmasa korishmasin boldi tanqidam qimela plzzz
Like | 0
Azikooo21 yulduzcha chiqyapti loginimi oldida u nima admin
админyangi berilgan fikrda chiqadi * bunday belgi!
Like | 0
husishka Osha mevali daraxt qurigani maqul deb o'ylayman , nima boshqa film qurib qoganmi silarga.
Like | 0
Nigow771 Umidjon akani fikirlarika qoshilaman rahmat sizga
Like | 0
M@l@k Tög'ri yozibsiz Robiya serialni tanqid qilguncha,reklamalarni kino oralig'ida berishni toxtatishsin."chito,chito shirin chito aaa."chito adashmasam suxarik,suxarik manimcha shör böladi.shirin emish.diqqat bn kuzatsayiz bemanisidan 15ta reklama berishadi.undan köra manolisidan 5ta beraqolishsin.yana anavi maxi bondachi onasi ertalab farzandiga mehr bn lapsha beradi.undan köra 2tuhum qaynatib bersa kuni bn bolasi töq yuriydi.maxi bon ya'ni lapshalarning bari foydasiz.ular juda ilojsizlar uchun.yanachi ertalab tanovul qilsang oshqozoningda zardobga aylanadi.admin shartakiligim un uzr.mani izohimni kino tanqidchilar körib qöyishsin!!!
Like | 0
maftuna To'g'ri aytasizkim busayizam chito  ham narsami. Rek. Ham bachkana. Maksi bon ku o'ta bulmaydigan ona ham shunaqa rolda buladimi, Admin yana mana shunaqa saviyasi bulmaydigan reklamalar haqida maqolalar yozib shu reklamalarni olib tashlashsin. Odamning asabiga tegadi. Aksiyaliklarini aytmaysizlarmi yolg'ondan hech narsa emas. Insonlar kinoni yomonlagandan ko'ra o'zimizning reklamalarimiz yoki kinolarimiz haqida o'ylaylik. Umid aka mana shunaqa narsalarni yozishni ko'paytiring. Ishlaringizga omad. Serialni yomonlagandan ko'ra o'zimiz shunaqa kino chiqaraylik. Agar ko'rishga yaxshiroq narsa bo'lganida odamlar boshqa kanalni ko'rishardi.  RAHMAT!!!!!!!???????
Like | 0
alcatel4304 Reklama qisqarib kino kòpro berilsa savobga qolardi yowlar telekanali ijodkorlari :$
Like | 0
5913435 Mevali daraxtga tow otiladi...
Like | 0
2536789 manam qo`wilaman. misol ucun man hamma seriyasiniyam ko`rmiman . lekin to`risini etib tan olaman Har hafta ciqadigan voqealar rivojini qoldirmasdan o`qiman. cunki manga qiziqish bu qogalagayam wuni maslaxat beramanki hamma o`zini xoxwini bajarsin. qogallani fikrini o`zgarirmasin
Like | 0
azikaaaa96 Admin serialni beriwmidi deyilvotdi wu rostmi
Like | 0
Azikooo21 Admin nima sizga paxta qoyib yaxshi gapirsek keyin kamenti chiqarasmi bu kino xamma bekorchi dangasalar korvotkan kino narmalni ozini qadrini bilgan odam ertek kino kormidi man kamentlardi oqib shunga amin boldimki odamlar haliyam panyatkasi osmapti sevgi muxabbattan muxumro narsayam bor bu hayotta hammasi eskicha fikirlayapti bunaqada rivojlanish bomedi aksincha bunaqa odamlar ortga tortyapti rivojlanishti bu ishani pishani temani yopsegam boloradi buni orniga boshqa kopro yangililardan yozsez bolardi man silardi xaqiqiy muxlislarinman saytka kunda kiraman ancha yillardan beri silardi qattiq hurmat qilaman nu bu saviyasi yoq kino haqida tortishishlarin odamni asabini buzyapti holos ana iphone 6s chiqti nu slada xaliyam yangili yo terma jamomiz yutti vatanimiz yozmeslami qattegi qoloq hindlardi yozmastan girt bomushu ular hammasi biz ulardan kora toza pokiza tinch mamlakatmiz bizdegi eng omi odamam ulardi saviyali odamidan ustunroq oldinga qarab ketvommiz ortga qarameli ozimizdan paslarga iltimos mani togri tushunin asabim buzulgandan yozdim ozi tilvizirda qoyyatkani yetadi batta tortishmeli
админshuncha habar, hurmatli foydalanuvchi izoh o'rnida faqat maqolaga fikr bildiring izoh o'rnida adminlarga yozilmasin!
Like | 0
YURAGIMBAND Qoyil maqolani juda zo'r tayorlabsizlar raxmat admin va Umidjonga fikrilarga qo'shilaman.
Like | 0
Braveheart Tori, bew qo'l baravarmasu
Like | 0
Javlon556 Admin raxmat zor ciqibti va xaqiqat yozibsila ijodilada omad
Like | 0
mukhammad98 L Bowqalarni bilmadimu, menga ham RV va Iwani o'rtasidagi muhabbat yoqdi. Boylik, mansab hammasi òtkinci narsa. Shuni unutmaylik hammasi odamni òziga bog'liq...
Like | 0
FREYA@uz Eeeeeee boringizga raxmat janob admin.Avvalambor hamma o'ziga javob berishi kerak bu dunyoda odam birmarta tugulib birmarta olishi va birmarta chindildan sevib turmush qurish kerak Ranvir va Ishani sevgisi meni lol qoldirdi men hali sevgimni uchratmadim amo bir kun kelib kimnidir sevsam shunday sadoqat bilan sevaman abatta ozimizning ozbekona sevgi bilan va yana ularfa ham bizdagidek ota onaga xurmatni ajjoyib tarzda ifodalashgan men sizlarga omad tilayman va bundan ham yuksak marraga chiqinglar va shu bilan birga Yoshlar teleradiokanaliga ham yuksak minnatdorchilik bildiraman ular hech ham ijoddan charchamasinlar bizga shunday yaxshi film va seriallarni koproq taqdim etib tursinlar."Senga Oshiqman" ga oshiqman Y v lo
Like | 0
Akrom1995 Zo'r to'g'ri yozibsila
Like | 0
roobiya745 Tarona.net silaga kota rahmat senga oshiqmani tinch qoyib serial o'rtasida berilvotkan reklamalani muhokama qlishsa yaxshi bolardii citooo suxarik,maxi bon ertalabdan bolalarilaga lapsha berishi maslahat berilvotimi?
Like | +2
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное