Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Issiq kunda smartfonni himoyalash usuli ma’lum qilindi

Issiqda smartfondan noto‘g‘ri foydalanish qurilmaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Hi-Tech.Mail.ru rahbari Dmitriy Ryabininga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Ryabininning so‘zlariga ko‘ra, havo haroratining keskin o‘zgarishi gadjetlarda muammoning paydo bo‘lishiga olib keladi, shu bilan birga, yoz kunlari qurilmaning yonib ketish xavfi ham mavjud. Mutaxassisning ta’kidlashicha, zamonaviy devayslarga qizib ketishdan himoyalоvchi tizim o‘rnatilgan, biroq smartfon tashqi omillar ta’sirida ham qizishi mumkin. Apparatning yonib ketish xavfi qurilmaga quyosh nurining to‘g‘ridan to‘g‘ri tushishi oqibatiga ortadi.
Uning ta’kidlashicha, qizib ketgan devaysni tezda sovutishga aslo urinmaslik kerak, masalan, uni muzlatkichga solish: “Smartfonning sekin-asta haroratga moslashishiga qo‘yib berish kerak”.
Qayd etilishicha, qurilmaning yonib ketishiga nafaqat quyosh nuri, balki gadjet akkumulyatoriga qo‘shimcha yuklama beradigan “og‘ir” ilovalar ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, mutaxassis smartfonlar uchun tor g‘iloflardan foydalanmaslikni tavsiya qilgan. Bu havoning normal aylanishiga va bu orqali tabiiy usulda sovushiga ta’sir ko‘rsatadi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3387 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’lum qilindi, kunda, issiq, himoyalash usuli, Smartfon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное