Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Iyul oyida Toshkentdagi uylar narxi 2 foizga pasaydi

Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi may oyi yakunlariga ko‘ra 1 kvadrat metr uchun 734 shartli birlikni tashkil etdi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Iyun bilan taqqoslaganda (747 sh. b.) kvartira narxlari 2 foizga pasaydi. Shu bilan birga, panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 703 sh. b. (iyunda — 735, -2 %), g‘isht uylardagi — 777 sh. b. (792, -2 %)ni tashkil qildi.
Iyul oyida Toshkentdagi 11 tumandan 7 tasida kvartira narxlari pasaygan, uchtasida oshgan, bitta tumanda narxlar o‘zgarishsiz qolgan.
Olmazor (708) va Uchtepa (705) tumanlarida narxlar eng ko‘p — 4 foizga pasaygan. Yunusobod tumanida (749) 3 foizga, Mirobod (774), Chilonzor (760) va Yakkasaroy (804) tumanlarida narxlar kamroq — 2 foizga, Mirzo Ulug‘bek (747) tumanida esa 1 foizga pasaygan. Bektemir (505), Sirg‘ali (589) va Shayxontohur (840) tumanlarida narxlar 1 foizga oshgan, Yashnobod tumanida (673) esa o‘zgarishsiz qolgan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3434 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Iyul oyi, narx, uylar, Toshkent
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Iymona rostanam sh b nma u?
Like | 0
NaTaLi Arzonlashsa yahshikan
Like | 0
Damir_95_ Nma u admin sh b masalan 840 sh.b
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное