Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

JCh-2018 saralashi: O‘zbekiston terma jamoasi KXDRni 3:1 hisobida yengdi

Bugun, 12 noyabr kuni Toshkentdagi Markaziy "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston hamda KXDR milliy terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018 saralash uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘yinning boshidayoq koreyaliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Chap qanotdan yetkazib berilgan uzatmani Ri Xyok Chol 11 metrli nuqta ustida bosh bilan darvozaga joyladi.
Shundan so‘ng o‘zbekistonliklar katta kuch bilan oldinga tashlanishdi va ketma-ket xavfli vaziyatlar yaratishdi. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari olis masofalardan juda ko‘p zarba yo‘llashdi. Nihoyat, 24-daqiqaga kelib hisob tenglashdi. Jeparov chap qanotdan aniq uzatma berdi va Sergeyev bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi 1:1. Birinchi bo‘limda durang hisob saqlanib qolindi.
65-daqiqada Rashidovning pasidan so‘ng Geynrix darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va ohsitagina to‘pni darvozaga yo‘lladi - 2:1.
87-daqiqada o‘ng qanotdan Rashidovning pasidan so‘ng Odil Ahmedov jarima maydoniga kirib borib darvozani ishg‘ol qildi 3:1. O‘yin mana shu hisob bilan yakuniga yetdi.
Ayni vaqtda «H» saralash guruhida KXDR terma jamoasi oltita o‘yinda 13 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston esa guruhdagi raqiblaridan bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston terma jamoasi keyingi turni Dubayda, 19 noyabr kuni Yaman terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
O‘zbekiston - KXDR 3:1
12 noyabr 2015 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:00
Matnli translyatsiya
Hakamlar: Alirizo Fag‘oni, Rizo Suxandon, Muhammadrizo Mansuri, Movud Bonyadifard (barchasi Eron).
Nazoratchi: Salim Sayid Alsuvaydi (BAA).
Komissar: Salmon Muhammad Namshan (Saudiya Arabistoni).
Gollar: Ri Xyok Chol 2, - 0:1. Igor Sergeyev 24, - 1:1. Aleksandr Geynrix 65, - 2:1. Odil Ahmedov 87, - 3:1.
O‘zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimes, 4.Marat Bikmaev (15.Aleksandr Geynrix, 50), 5.Anzur Ismoilov, 7.Aziz Haydarov, 8.Server Jeparov (6.Jasur Hasanov, 73), 9.Odil Ahmedov, 10.Sardor Rashidov (14.Javohir Sohibov, 89), 11.Igor Sergeyev, 19.Vitaliy Denisov, 20.Islom To‘xtaxo‘jaev.
KXDR: 1.Ri Myong Guk, 3.Jang Kuk Chol, 4.Ri Kum Chol, 7.Ri Xyok Chol (20.Kim Song Gi, 86), 9.Pak Kvang Ryong (10.An Vyong Jun, 34), 11.Jong Il Gvan, 12.Jon Kvang Ik, 13.Sim Xyon Jin, 15.Ri Yong Chol, 17.So Xyon Uk (14.So Kyong Jin, 78), 23.Ri Chol Myong.
Ogohlantirishlar: Islom To‘xtaxo‘jaev 20, Jong Il Gvan 44, Jang Kuk Chol 77, Sardor Rashidov 88.


Manba:kun.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 4769 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O‘zbekiston terma jamoasi, KXDR, hisobida yengdi, 3:1, JCh-2018, saralash
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
umarcik Biletti sal qmmat qvorpide
Like | 0
samiya Табриклемиз буларканууу
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное