Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining narxi qancha?

Evropada yozgi transfer darchasi ochilgan va futbolchilar oldi-sotdisi qizg‘in avj olgan. Deyarli har kuni qaysidir futbolchining qanchadir miqdordagi summa evaziga yangi jamoaga o‘tganligi haqidagi xabarlar ketma-ketligi tinmayapti. Biz O‘zbekistonlik futbolchilarning ham narxlari qancha ekanligiga qiziqib ko‘rdik. Shu bois transfermarkt.de saytida terma jamoamiz futbolchilariga qo‘yilgan narxlar bilan sizni tanishtirib o‘tishni lozim deb topdik.

Darvozabonlar

1. Ignatiy Nesterov (32 yosh) - 1 mln.evro
2. Eldorbek Suyunov (24 yosh)- 150 ming yevro
3. Akbar To‘raev (25 yosh) – 150 ming yevro
Terma jamoamizning 3 nafar darvozabonining umumiy narxi 1,3 mln.evroga teng. Birinchi raqamli posbonimiz hisoblanadigan Ignatiy Nesterov 1 mln.evroga baxolangan. Qolgan ikki darvozabon Suyunov va To‘raevga esa 150 ming yevro belgilangan.

Himoyachilar

1. Vitaliy Denisov (28 yosh) – 6 mln.evro
2. Anzur Ismoliov (30 yosh) – 375 ming yevro
3. Yegor Krimes (23 yosh) – 350 ming yevro
4. Islom To‘xtaxo‘jaev (25 yosh) – 350 ming yevro
5. Akmal Shoraxmedov (29 yosh) – 350 ming yevro
6. Shavkat Mullajonov (29 yosh) – 150 ming yevro
7. Shuhrat Muxammadiev (26 yosh) – 150 ming yevro
8. Farrux Sayfiev (24 yosh) – 150 ming yevro
Himoya chizig‘i vakillarining 8 nafarining umumiy bahosi 7,8 mln.evroga teng. Bu borada eng baland narx shubhasiz Denisovga berilgan. Ayni paytda Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Vitya 6 mln.evroga baxolangan. Xitoyda to‘p surayotgan Ismoliov esa ikkinchi qimmatbaxo himoyachimiz hisoblanadi. Shuningdek Krimes va To‘xtaxo‘jaevga 350 ming, Mullajonov, Muhammadiev va Sayfievlarlarga 150 ming yevro narx qo‘yilgan.

Yarim himoyachilar

1. Odil Ahmedov (27 yosh) – 8,5 mln.evro
2. Server Jeparov (32 yosh) – 1,3 mln.evro
3. Sanjar Tursunov (28 yosh) – 1,2 mln.evro
4. Jamshid Iskandarov (21 yosh) – 500 ming yevro 
5. Azizbek Xaydarov (30 yosh) – 500 ming yevro
6. Fozil Musaev (26 yosh) – 400 ming yevro
7. Lutfulla To‘raev (27 yosh) – 350 ming yevro
8. Jasur Xasanov (31 yosh) – 275 ming yevro
9. Shoxrux Gadoyev (23 yosh) – 175 ming yevro
Yarim himoya chizig‘i vakillariga qo‘yilgan narx himoyachilarnikiga qaraganda ancha yuqori. Misol uchun “Krosnadar” safida harakat qilayotgan Odil Ahmedovning bitta o‘zi butun boshli himoya chizig‘imizdan ham qimmat turadi. Sayt ijodkorlari Odilni 8,5 mln.evroga baxolashgan. Umuman olganda bu O‘zbekistonlik futbolchilar uchun qo‘yilgan mutloq rekord narxdir. Terma jamoamiz sardori Server Jeparov va Ukrainadagi legionerimiz Sanjar Tursunovlar 1 mln.evrodan baland turishar ekan. Iskandarov va Xaydarov umumiy hisobda 1 mln.evro turishsa, Musaev 400 ming, To‘raev 350 ming, Xasanov 275 ming va Gadoyev 175 ming yevroga baxolangan. 9 nafar yarim himoyachimizning umumiy narxi 13,2 mln.evroni tashkil qilmoqda.

Hujumchilar

1. Baxodir Nasimov (28 yosh) – 300 ming yevro
2. Igor Sergeyev (22 yosh) – 300 ming yevro
3. Sardor Rashidov (24 yosh) – 150 ming yevro
Afsuski hujum chizig‘i vakillari o‘zlariga qo‘yilgan narxlar bilan amqtana olishmaydi. Nasimov va Sergeyev bir hil 300 ming yevrodan baxolangan. Eng qizig‘i yaqinda Qatar klubiga 2,1 mln.evroga sotib yuborilgan Sardor Rashidov atigi 150 mingga baxolangan. Ajab emas yaqin orada Sardorning narxi 10-20 barovarga ko‘payib ketsa. 3 ta hujumchimizning umumiy narxi atigi 750 ming yevroga teng!
Albatta bu narxlarning ba’zilari real hayotga to‘g‘ri kelmaydi. Ayrim futbolchilarning narxlari oshirib, ba’zilariniki pasaytirib yuborilgan. Terma jamoamizning 23 nafar futbolchisining umumiy narxi 23 million 125 ming yevroga teng. O‘rtacha olganda har bir futbolchi 1 mln.evro turadi.

O‘zbekiston terma jamoamisining eng qimmat 5 futbolchisi

1. Odil Ahmedov – 8,5 mln.evro
2. Vitaliy Denisov – 6 mln.evro
3. Server Jeparov – 1,3 mln.evro
4. Sanjar Tursunov – 1,2 mln.evro
5. Ignatiy Nesterov – 1 mln.evro

 
Furqat Yusupov tayyorladi
Manba: furkat.uz


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 14304 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston terma jamoasi, futbolchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Damir_95_ Ex õyinchilar endi õzlarini sotasanlami essiz qaytaga zõr õynasni õrganip birinchi bol
Like | 0
shirin20 Odil Ahmedovi qo'lidan yotvolib intervyu beriwdan bowqa xc narsa kemidi. Termada jon kuydirib o'ynaganini gol urganini ko'rmagaman. Nimasiga 8,5 mln ?
Like | 0
JalolBeck_GanGsta Voyboooo. Shunga yarawa oynay oliwadimi. Hech kormabman UZB ni futbolini
Like | 0
NuR_KR Odil Ahmedov O'zbekistonni eng qimmat futbolchisi ekande!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное