Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Jo Bayden iqlim o‘zgarishiga rekord darajada sarmoya kiritdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 16 avgust kuni iqlimni muhofaza qilish, mamlakatning energiya xavfsizligini taʼminlash va sog‘liqni saqlash tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga katta sarmoya kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Oq Uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qonun loyihasida ko‘rsatilgan summa (375 milliard dollar) AQShda so‘nggi o‘n yil ichida iqlim o‘zgarishiga qaratilgan eng yirik federal sarmoyadir.

Bundan tashqari, Amerikaning Medicare – keksalarga tibbiy yordam ko‘rsatish federal dasturi aʼzolari uchun dori-darmonlarga qo‘shimcha xarajatlar 2000 dollar miqdorida belgilanadi. Sog‘liqni saqlash tashabbuslariga, xususan, dori-darmon narxlarini pasaytirishga 64 milliard dollar  yo‘naltirilgan.

Shuningdek, yangi chora-tadbirlar 13 million AQSH fuqarosiga COVID-19 pandemiyasi davrida beriladigan subsidiyalarni kengaytirish orqali tibbiy sug‘urtani qoplashga yordam beradi.

Maʼlum bo‘lishicha, mablag‘lar korporatsiyalarga soliqni oshirish hisobiga to‘planadi. Yirik kompaniyalardan olinadigan yangi soliqlar hamda badavlat jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan to‘lovlarni oshirish hisobiga budjetga zarur mablag‘lar jalb qilinadi.

"Ushbu qonun loyihasi joriy yilning, 8 noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda Demokratik partiyaning mavqeini mustahkamlashga qaratilgan", deydi “Associated Press” agentligi.

Imzolash marosimida Bayden qonunni Respublikachilar partiyasi aʼzolari tomonidan zaif qo‘llab-quvvatlanayotganini tanqid qilgan.

“Bu tarixiy lahzada demokratlar Amerika xalqi tomonida bo‘ldi va Kongressdagi har bir respublikachi ovoz berish jarayonida o‘zlarining alohida manfaatlaridan kelib chiqqan holda harakat qildi”, deydi u.

Joriy yilning, 12 avgust kuni qonun loyihasini qabul qilish chog‘ida AQSH Kongressi Vakillar palatasida ovozlar partiyalar bo‘yicha taqsimlangan. Qayd etilishicha, 220 ta demokrat tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, 207 ta respublikachi esa qarshi ovoz bergan. Bungacha qonun loyihasi AQSH Kongressi Senatida atigi bir ovoz (51-50) bilan maʼqullangan. Vitse-prezident, demokrat Kamola Xarrisning pozitsiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.

AQSH rasmiylarining fikricha, qonunda belgilangan chora-tadbirlar mamlakatdagi inflyasiya darajasini pasaytiradi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 633 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sarmoya, JO, darajada, kiritdi, Bayden, o‘zgarishiga, iqlim, Rekord
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное