Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Pazanda - Soundtrack
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Qirolicha - Stakan Version
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Klon-soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Pazanda - Im Loving You
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Kaltaklanayotgan milisioner, qurol ko`targan niqoblilar, o`q ovozlari. Buxoroda nima bo`ldi?


Ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, ommabop Telegram messenjerida 17 maydan boshlab Buxoro shahrida olingani taxmin qilingan videoyozuvlar tarqaldi: unda ba`zilari qora niqob kiygan va qo`liga qurol ko`targan noma`lum shaxslar ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko`rsatib, uni kaltaklayotgani aks etgan. Mazkur holat nafaqat Buxoroda, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham vahimaga sabab bo`ldi. Keyinroq Buxoro viloyati mas`ullari vaziyatga aniqlik kiritdi.
Videolarning birida milisioner kaltaklanayotganini ko`rish, boshqasida o`q otilishiga o`xshash ovozlarni eshitish mumkin. Birinchi videoyozuvda oq Nexia’dan tushgan ikki kishi milisiya xodimiga qarshilik ko`rsatgan, ulardan biri qora niqobda bo`lib, qo`lida «Kalashnikov» avtomati ham bo`lgan. Qurolsiz «jangari» milisionerni erga yotqizib olib, kaltaklagan.

So`ng ular shoshilinch ravishda mashinaga o`tirib, qochishga uringan. Kadr ortida kimdir: «Hayda! Hayda!», — deb baqirganini eshitish mumkin. Milisiya xodimi Nexia’ning yurib ketishiga yo`l bermagan. Videoga olayotgan fuqaro: «Jinnimi bular?», — deb hayron bo`lgan, biroq hech kim milisionerga yordam berishga oshiqmagan.

Do`kon (yoki go`zallik saloni?)da bo`lgan ayol tomonidan olingan ikkinchi videoda o`q otilishiga o`xshash ovozlar yangraydi. Ayollardan biri, aftidan, ichki ishlar organlariga oq Nexia’da kelgan bir guruh shaxslar milisiya xodimiga kuch ishlatayotgani haqida xabar berayotganini eshitish mumkin. Odamlar mashinalardan tushib, vaziyatga oydinlik kiritishga uringan, so`ng hamma tarqab ketgan, xususan, milisiya xodimi ham ekrandan yo`qolgan.

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatidan “Daryo”ga ma`lum qilishlaricha, bu — huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tashkil etilgan o`quv mashg`ulotlari edi. Buxoro IIB tomonidan «Betakror Buxoro» saytida e`lon qilingan axborotga ko`ra, videolarda aks etgan jarayon — «viloyat hududidagi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan aholining ogohligini tekshirish bo`yicha o`quv taktik mashg`ulotlar» bo`lgan.

«Mahalliy aholi [qarshilikka uchragan] IIB xodimini qo`llab-quvvatlab, [shartli jangari]larning harakatlari xususida o`z vaqtida IIBning navbatchilik qismiga xabar bergan. Mazkur tadbir natijasida aholi va huquq-tartibot idoralari xodimlarining ogohligi yuqori ekanligi hamda barcha fukarolar tinch va osuda hayotimizni qo`lidan kelganicha himoyalashga tayyor ekanligini namoyon bo`ldi», — deyiladi viloyat IIB axborotida.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5260 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: milisioner, Buxoro, Ijtimoiy tarmoqlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
sanjarezoz Nima bo‘ganda ham atrofdagilarni tomoshabin bop turishi manga yoqmadi. Ayniqsa erkelarimizzi. Qaytanga ayolla yordam berishga shoshyapti. Vatanparlik haqida faqat televizorda chiqib gapirishmas mana shunaqa holatlarda ko‘rsatishsa yaxshi bo‘larmidi. Tinchlikni ta‘minlash faqat harbiylani vazifasimasku to‘rimi? :o
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное