Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Kirakashlik uchun litsenziya olish soddalashtirildi

Yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy bo‘limiga borgan holda o‘zini o‘zi band bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. 

Ro‘yxatdan o‘tish va guvohnoma olish bepul.

Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lab, litsenziya varaqasini oladi. my.gov.uz orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qo‘llaniladi, ya’ni 270 ming so‘m to‘lanadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega bo‘lishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming so‘m ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin. 

Ijtimoiy soliq to‘lash o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 931 | Рейтинг: 0| Рейтинг: litsenziya, Taksi, Uchun, soddalashtirildi, olish, Kirakash
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное