Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Komil Allamjonov o‘zi o‘qigan maktabni otalig‘iga oldi
Komil Allamjonov o‘zi o‘qigan maktabni otalig‘iga oldi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov o‘zi tahsil olgan umumiy o‘rta ta’lim maktabini otalig‘iga oldi.

Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, u Toshkent shahrining Olmazor tumani, Qoraqamish-2/4, Tansiqboyev ko‘chasidagi 134-maktabda ta’lim olgan.“O‘zim o‘qigan Qoraqamish-2/4, Tansiqboyev ko‘chasidagi 134-maktabni o‘z hisobimdan otalig‘imga oldim”, deb yozadi u.Qayd etilishicha, bu yerni sport maydonlaridan tortib, o‘qish sifati, kitoblar va o‘qituvchilar malakasini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aprobatsiya maktabiga aylantirish rejalashtirilgan.“Xabaringiz bo‘lsa, men o‘zimning "Allamjonov aybdor" kitobimda ham maktab darsliklari bo‘yicha katta loyiha boshlaganimizni va maxsus laboratoriya tashkil etganimiz haqida yozgan edim”, deydi Komil Allamjonov. 

Bildirilishicha, yuqoridagi ishlarni ushbu maktab bazasida sinovdan o‘tkazishga qaror qilingan.

“Qoraqamishda ham potensial juda katta. Kim-kim, men buni juda yaxshi bilaman”, deydi u.

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 632 | Рейтинг: 0| Рейтинг: otalig‘iga, maktabni, Allamjonov, Komil, o‘qigan, o‘zi, oldi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное