Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Koronavirus havo orqali ham yuqishi aytilmoqda

Yangi koronavirus havo orqali yuqishi mumkin, deb yozadi "Nature".

Nashrning ta’kidlashicha, hozirgi paytda ushbu nazariyaning ishonchli dalillari yo‘q. Masalan, JSST tasarrufidagi sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dastur direktori Maykl Rayan havo orqali infeksiyani asemptomatik tashuvchilardan yuqtirish ehtimoli borligini ta’kidladi, ammo infeksiyaning 90 foizdan ko‘prog‘i kasallik belgilari bo‘lgan odamlarning tomchilari orqali sodir bo‘ladi.
Biroq, mutaxassislar koronavirusning yuqishi kutilganidan tezroq va sezilmaydigan tarzda sodir bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Tadqiqotchilar yillar davomida zarur dalillarni to‘plab bo‘lishganida ko‘p odamlar o‘lib ketishi mumkin, deb yozadi maqola muallifi.
"Ushbu yo‘nalishda ishlaydigan olimlarning fikriga ko‘ra, virusning havo orqali tarqalishiga shubha yo‘q", dedi Brisbendagi Kvinslend Texnologiya universiteti yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Lidiya Moravska.
"Agar koronavirus havo tomchilari orqali yuqadigan bo‘lsa, virus zarralari vaqt o‘tishi bilan yopiq joylarda to‘planib qolishi yoki juda katta masofalarga yetkazilishi mumkin", deydi Gonkong universitetining epidemiologi Ben Kovling.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yo‘talish yoki hansirash paytida odamlar odatda og‘izlarini yopadilar. Shunday qilib, koronavirusga chalingan odamning aksirganidan ko‘ra shu odam bilan shunchaki suhbatlashish xavfliroq bo‘lishi mumkin.
Xullas, olimlar koronavirus havo orqali yuqishi mumkinligini istisno qilmagan holda havoni tez-tez tozalab, almashtirib turishni tavsiya qiladilar.


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5320 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное