Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Koronavirus jinsiy aloqa orqali yuqadimi?

Xitoylik mutaxassislar koronavirus aniqlangan 38 nafar erkak ustidan kichik tadqiqot olib borishdi. Tadqiqotlar natijasida Covid-19​ virusi erkaklarning jinsiy a’zolarida ham aniqlangan. Bu haqida Euronew xabar bermoqda.

Kasallikni keltirib chiqaradigan Covid-19​ virusi asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi, bemorning yo‘talishi yoki aksirishi natijasida nafas yo‘llaridan suyuq shaklda chiqib, tomchi shaklida boshqa bir odamning nafas yo‘llariga kirib oladi. Shuningdek, so‘lak tomchilari yoki burun oqishi oqibatida ham odamga yuqishi mumkinligi aytib kelinayotgan edi. Lekin olimlarning yangi izlanishlari natijasida jinsiy yo‘l orqali ham yuqishi mumkinligi aytilmoqda.
Tadqiqotlar Xitoyning Shanxay shahrida olib borildi. Shahar kasalxonasida koronavirus aniqlangan 15-50 yosh orasi erkaklar bu tadqiqotga ko‘ngilli ravishda qatnashgan. Virus erkaklarning jinsiy a’zolarida ko‘p miqdorda aniqlangan.
Tadqiqotlarning yakuniy xulosasi tez orada Jama Network Open ilmiy jurnalida e’lon qilinishi bildirildi.


Manba:sof.uz
Категория: SOG'LIK
Просмотров: 12072 | Рейтинг: 0| Рейтинг: orqali yuqadimi, jinsiy aloqa, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное