Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Koronavirus yuqtirib olgan o‘zbekistonlik haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

O‘zbekistonda 15 mart, yakshanba kuni, koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bemor 14 mart kuni Respublika Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga COVID-19 koronavirus infeksiyasida gumon qilinib, yotqizilgani haqida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bemor 28 fevraldan 11 martga qadar Fransiyada sayyohatda bo‘lgan. 11 mart, chorshanba kuni, soat 06:00 da Parij—Toshkent 252-reysi bilan Toshkentga uchib kelgan. Aeroportda sanitariya-karantin punktida termometriya hamda birlamchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan va kasallik belgilari aniqlanmagan. Shundan so‘ng yo‘lovchining yashash manziliga aniqlik kiritilib, u uy sharoitida 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.
Biroq 13 mart, juma kuni, bemor tomog‘ida qichishish, tana harorati ko‘tarilishi hamda yo‘tal bilan shifoxonaga yotqizilgan (avvalroq 15 mart kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingandi). Bemordan 14 mart, shanba kuni, koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlili uchun namuna olingan va 15 mart, yakshanba kuni soat 06:00da namuna javoblariga ko‘ra, unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Samolyotda bemor bilan umumiy hisobda 48 nafar yo‘lovchi kelgan. Ulardan 24 nafari tranzit yo‘lovchilar bo‘lib, qolgan 24 kishi O‘zbekistonda qolgan. Qolganlarning 4 nafarini Fransiya, 1 nafarini Italiya va 1 nafarini Braziliya fuqarolari tashkil qilmoqda. Uchib kelgan fuqarolarning yashash manzili bo‘yicha ro‘yxat shakllantirilib, ular 14 kunlik karantin o‘tkazish uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirilgan.
Shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 11 mart kuni faoliyat olib borgan 69 nafar chegara qo‘shinlari, bojxona, aeroport xodimining ro‘yxati shakllantirilib, ular ham maxsus muassasalarda 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan. Bemorning 10 nafar oila a’zolari to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish uchun Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga joylashtirilgan.
Xabar berilishicha, bemor istiqomat qiluvchi ko‘p qavatli uy va bemor xonadonida dezinfeksiya o‘tkazilgan. Shu bilan birga, mazkur ko‘p qavatli uyda yashovchi 230 nafar fuqaro ro‘yxati shakllantirilib, tibbiy kuzatuvga olingan.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9551 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное