Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Koronavirusga chalingan ayol sog'lom farzandni dunyoga keltirdi


Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasi Xarbin shahridagi shifoxonada koronavirus bilan kasallangan ayol sog'lom qiz farzandni dunyoga keltirdi.

Ism-sharifi ochiqlanmangan bemor ayol homiladorlikning 38-haftasida bo'lgan. 30 yanvar kuni esa ayolning ahvoli yomonlashgani bois shifokorlar go'dakni operatsiya yordamida dunyoga keltirishgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqning vazni 3,05 kilogrammni tashkil etgan. Shifokorlar qizaloqning sog'lig'ini Apgar shkalasi bo'yicha o'ndan o'n, deya baholashmoqda.

Qizaloqning dunyoga kelishida ishtirok etgan shifokorlar koronavirus bo'yicha tekshiruv o'tkazishgan. 31 yanvar hamda 2 fevral kunlari qizaloqdan olingan analiz ikkala holatda ham salbiy natija ko'rsatgan.

Hozirda go'dak va uning onasi alohida xonalarda bo'lib, shifokorlar nazorati ostida. Shifokorlarning so'zlariga ko'ra, ayol asta-sekin tuzalmoqda.



Manba:Hordiq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1728 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное