Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Koronavirusga chalingan bemorlardan yana biri sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi

Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimizdan yana biri butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Xastalikdan forig‘ bo‘lgan fuqaro shifokorlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Ushbu fuqaro, avval xabar qilganimizdek, joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan poytaxtimizga kelgan. 16 mart kuni unda koronavirus kasalligi aniqlangan edi.

O‘tgan vaqt davomida  u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to‘liq davolandi.

E’tirof etish joizki,  fidoyi shifokorlarimiz tomonidan kecha-yu kunduz tibbiy nazoratga olingan holda, xalqaro stantdartdlar asosida zarur davolash muolajalari olib borilgani ushbu bemorning butkul sog‘ayishini ta’minladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimiz sog‘ayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda. Ayni paytgacha ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 8 nafarga yetdi.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1825 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное