Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Koronavirusga chalinganlar jismoniy faolroq bo‘lishi kerakmi yoki ko‘proq dam olishimi?

Savol:
 Koronavirusni yuqtirib olgan insonlar jismoniy faollik bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladimi yoki ko‘proq dam olishlari kerakmi?​

Ushbu savolga Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti UASh malakasini oshirish kafedrasi dotsenti Dilfuza Hasanova javob berdi:
Javob: Hammasi me’yorida bo‘lishi kerak. Kasalligi alomatsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar nafas tizimi funksional holatini va jismoniy faollikni unutmasliklari kerak, ya’ni har kungi ertalabki qizdiruvchi 10-15 minutlik badantarbiya mashqlari juda muhim.
Nafas gimnastikalarini kun davomida 3 marta, imkon qadar 5-10 minutdan amalga oshirish kerak. Chuqur nafas olish 6 sekund davomida va sekin nafas chiqarish 4-5 martagacha. Bu mashqlar virusning o‘pka to‘qimasiga moyilligi borligi uchun ham yaxshi shamollatilgan xonada bajarilishi kerak.
Nafas gimnastikasining juda xilma xil turlari mavjud: Burdenko usuli, Yoga, Tibet usullari. Ularni har bir kishi mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoqlardan topib, har kim o‘zi uchun mosini tanlab, o‘zlashtirishi mumkin.


Manba:sof.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4377 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chalinganlar, Koronavirus, jismoniy faolroq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное