Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Kuniga 68 daqiqa smartfondan foydalanish tushkunlikdan dalolat beradi

Smartfonlar insonning ruhiy holati haqida ko‘p narsa aytib berishi mumkin. Yangi tadqiqotning ko‘rsatishicha, odam undan qancha foydalanishiga qarab uning ruhiy holati haqida muayyan ma’lumot olish mumkin. Odam smartfondan qancha ko‘p foydalansa, tushkun kayfiyatga tushib qolish ehtimoli ham shunchalik katta bo‘ladi. Bu haqda Daily Mail nashri yozmoqda.
Tushkun kayfiyatdagilar smartfondan kuniga o‘rtacha 68 daqiqa foydalanadi. Hayotdan mamnun, yaxshi kayfiyatdagi insonlarda esa bu ko‘rsatkich 17 daqiqani tashkil qiladi.
Ko‘p vaqtini uyida o‘tkazadigan odamlar ham odatda tushkunlikka tushib qoladi. Uning qaerda ekanligini nafaqat telefondan qancha foydalanishidan, balki GPS ma’lumotlaridan ham bilsa bo‘ladi.
Mobil telefonlar ma’lumotlari tadqiqotchilarga 87 foiz holatda tushkun kayfiyatdagi odamlarni to‘g‘ri aniqlash imkonini berdi.
Shimoli-g‘arbiy universitet Feynberg tibbiy maktabi professori Devid Morning aytishicha, ushbu usul bilan mijozning ruhiy holatini birorta savolsiz aniqlash mumkin bo‘ladi.


Manba:kun.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5208 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kuniga, foydalanish, n dalolat beradi, tushkunlik, 68 daqiqa, Smartfon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Xursandbek95 Man kuniga 10 soadan ko'p telefon iwatarkanman
Like | 0
998942327464 Unda dunyoning yarimidan ko'pi tushkun axvoldaku
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное