Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Magistratura qabulida inqilob. Nimalar o‘zgarishi mumkin?


Magistratura qabuliga oid o‘zgarishlar kutilmoqda. Bu haqida huquqshunos-bloger Xushnud Xudoyberdiev o‘z kanalida ma’lum qilib o‘tdi.

Unga ko‘ra, kelgusida magistraturaga faqat turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirishga oid cheklovni bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Bu nima degani?

Bugungi kunda ko‘pchilikka ma’lumki, magistraturaga faqat bakalavrda ham shu turdosh yo‘nalishda o‘qiganlar qabul qilinadi. Masalan, tarixni tugatganlar jurnalistika yoki diplomatiyani tugatganlar axborot texnologiyalari bo‘yicha magistraturaga topshira olmaydi.

Kelgusida xuddi shu cheklov bekor qilinishi kutilmoqda. Albatta bu cheklov to‘liq bekor bo‘lmaydi, ya’ni istalgan yo‘nalishning magistraturasiga bakalavrda o‘qigan yo‘nalishidan qat’i nazar hujjat topshirish huquqi berilmaydi. Ya’ni shunday o‘ziga xos yo‘nalishlar borki, ular bo‘yicha qat’iy cheklov saqlab qolinadi, masalan, tibbiyot yo‘nalishiga duch kelgan sohani tugatgan talabalar topshira olmaydi va bu mantiqan to‘g‘ri.

Xorij tajribasini kuzatadigan bo‘lsak, ularda ham magistratura odatda 2 xil kategoriyaga bo‘linadi. Masalan, Germaniyada magistraturaning Konsekutive Masterstudiengänge (bakalavrdagi turdosh yo‘nalish asosidagi dastur) hamda Weiterbildende Masterstudiengänge (bakalavr bo‘yicha turdosh yo‘nalish talab etilmaydigan dastur) ko‘rinishi mavjud.

Xullas, yuqoridagi o‘zgarishlar bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlangan, lekin hozircha rasman tasdiqlanmagan.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3675 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘zgarishi mumkin, inqilob, qabuli, magistratura, nimalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное