Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Sportchi ayol vafotidan uch oy o‘tib o‘g‘il tug‘di


Portugaliyalik eshkakchi Katarina Sekveyra 2018 yil dekabrida 26 yoshida vafot etgan. Yoshligidan astma bilan og‘rigan, navbatdagi xuruj bilan kasalxonaga yotqizilgach, vrachlar uni sun’iy komaga tushirishadi. «Minbar.uz»da bu haqida ma’lumot chiqarildi.

Ammo bir necha kun o‘tib uning bosh miyasi ishlashdan to‘xtagani tasdiqlanadi.

Sekveyra 20 haftalik homilador bo‘lgan. Bolani saqlab qolish uchun vrachlar ayolni sun’iy nafas apparatiga ulashadi. Avvaliga Katarinani shu ahvolda uch oy saqlash mumkinligi taxmin qilingan. Bu vaqtda bola 32 haftalik bo‘lishi kerak edi. Ammo nafas olish tizimi yomonlashavergach, shifokorlar bolani 28 mart kuni muddatidan avval olishadi.

Bola mutlaq sog‘lom tug‘ilgan. Oilasi unga Salvador deb ism qo‘yishdi.

Bolani onasi o‘lgandan keyin ham uning qornida saqlashni sportchining oila a’zolari istashgan. Salvadorning otasi bolasini saqlab qolishni xohlagan. Buvisi ham bunga rozi bo‘lgan.

Bola tug‘ilgach, bir kun o‘tib onasi sun’iy apparatdan uzilib, dafn etilgan.



Manba:xabar.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 13893 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘zgarishi mumkin, inqilob, qabuli, nimalar, magistratura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Jekichanbek1996 Tasirli voqea ekan :o :'(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное