Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Jumong-soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. TisMarHan-soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Magistraturada yangicha tartibda ta`lim olish yo`lga qo`yiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta`lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qaror loyihasida magistr mutaxassislar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko`rib chiqish hamda xalqaro standartlar darajasida oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator yangiliklar kiritilgan.

Jumladan, endilikda etakchi xorijiy oliy ta`lim muassasalarining tajribasi asosida oliy ta`lim muassasalarida ikki yo`nalishda: ishlab chiqarish (kamida bir yil) hamda ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yo`nalishlarda magistrlarni tayyorlash nazarda tutilmoqda.

Ushbu qaror loyihasi bilan O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklari bo`yicha qabul kvotalari kadrlar buyurtmachilari tomonidan berilgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, oliy ta`lim muassasasi takliflari asosida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlash taklifi kiritilgan.

Hujjatda ish beruvchi tashkilotlar talablari asosida ilmiy-pedagogik yo`nalishda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash faqat davlat granti asosida amalga oshirilishi, ilmiy-pedagogik yo`nalishda maqsadli tayyorlangan mutaxassislar magistraturani bitirgandan so`ng ish beruvchi tashkilotda kamida 5 yil (tayanch doktoranturada o`qish vaqtidan tashqari) ishlab berishi ko`rsatilgan.

Bunday tashqari, hujjatda quyidagi yangiliklar ham ko`zda tutilgan:

- magistraturada bir nafar o`qituvchi hisobiga to`g`ri keladigan talabalar soni nisbati amaldagi normativlarning 50 foizi miqdorida belgilash;

- o`quv yili yakunlariga ko`ra magistratura o`quv rejasida belgilangan fanlardan, ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlardan etarli reyting balini to`plamagan talabalarni kursida qoldirilish;

- davlat granti asosida qabul qilingan talabalarga o`z hisobidan to`lov-shartnoma asosida o`qishni davom ettirish imkoniyatini berish;

- xorijiy mamlakatlarda 6 oygacha bo`lgan muddat (bir semestr) stajirovkada bo`lgan magistratura talabalariga o`quv rejasida belgilangan fanlarni shaxsiy reja asosida erkin o`zalashtirish imkoniyati berish;

- magistraturani imtiyozli tamomlagan talabalar Oliy ta`lim muassasasining Kengashi qarori asosida tayanch doktoranturaga sinovlarsiz qabul qilish;

- magistratura talabalarining Impakt-faktor ko`rsatkichi yuqori bo`lgan ilmiy jurnallarda maqola chop etish xarajatlarini oliy ta`lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag`lari hisobidan qoplashga ruxsat berish va boshqalar.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3518 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: magistratura, yangicha tartib, yolga qoyiladi, talim olish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
asalqiz96 Hali bakalavrni tugatib olsak ham.. B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное