Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Pazanda - The Sound of Love
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qaqnus - Mal De music
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qirolicha - Stakan Version
. Yoz Ifori - Soundtreck
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Messining niyati xolis ekan: “Barselona” mehmonda “Real”ni yanchib tashladi


Bugun, 23 dekabr kuni Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan “Real” hamda “Barselona” klublari o‘rtasidagi “el-klasiko” bahsi bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli va shiddatli kechgan bahsda, mehmonlar 3:0 hisobida zafar quchishdi.

Dastlab, o‘yinning 2-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochgandi, biroq hakam bu holatda uning offsaydda qolib ketganini ko‘rsatdi. Natijada gol inobatga olinmadi.

Jamoalar birinchi bo‘limda turli hil xavfli vaziyatlarni golga aylantira olishmadi va ilk 45-daqiqa mana shunday hisobda yakunlandi.

Biroq ikkinchi bo‘limda “qirollik klubi”ni kutilmagan sovg‘alar kutib turardi.

Jumladan, 54-daqiqada Luis Suares “Real” himoyachilari yo‘l qo‘ygan xato evaziga hisobni ochdi. 64-daqiqaga kelib, mehmonlar yana navbatdagi xavfli hujumlarini uyushtirishdi.

Oqibatda, madridlik futbolchilar o‘z jarima maydonchalarida xatoga yo‘l qo‘yishdi, Messining yo‘llagan zarbasi golga aylangandi.

Biroq bu vaziyatda Dani Karvaxal to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatildi. Hakam dastlab, golni inobatga olmadi, ammo “Real” darvozasiga penalti belgiladi.

11-metrlik jarima zarbasini esa Lionel Messi aniq amalga oshirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Madridliklar esa maydonda bir kishi kam, ya’ni 10 ta bo‘lib o‘yinni davom ettirishga majbur bo‘lishdi.

Shundan so‘ng, har ikki jamoa ham hujumkor o‘yin ko‘rsata boshladi. Muxlislar futbolchilar tomonidan amalga oshirilgan bir necha hujumlarni tomosha qilishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘yinning yakuniy lahzalarida zaxiradan maydonga tushirilgan, Aleysh Vidal “Barselona”ning uchinchi golini urib, hisobni yiriklashtirdi va jamoasining chempionlik uchun bo‘lgan navbatdagi muhim g‘alabasini taminladi.

La-Liga, 17-tur.

“Real Madrid” – “Barselona” 0:3.
Gollar: 0:1 – 54 Suares, 0:2 – 64, penalti Messi, 0:3 – 90 Aleish Vidal.

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Beyl, 72), Kazemiro (Asensio, 72), Modrich, Kroos, Benzema (Nacho, 66), Ronaldu.

“Barselona”: ter Stegen, Vermalen, Pike, Alba, Paulino (Andre Gomesh, 84), Serdji Roberto (Aleish Vidal, 90), Buskets, Rakitich, Inesta (Nelson Semedu, 77), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Vermalen (18), Ramos (59), Marselo (83), Buskets (88).

Chetlatish: Karvaxal (63).

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 5411 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: MESSI, real, barselona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Zuhriddin barsa bilan kampno'uda gaplashamiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное