Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Muvaffaqiyatli kishilar rioya qiladigan 4 qoida


Ko‘pchiligimizning tanishlarimiz ichida dunyodagi hamma narsaga — kun bo‘yi ishlash, muvaffaqiyatli ravishda blog yuritish, sayohat qilish, sport zaliga borish va hatto mazali taom tayyorlashga ham vaqt topadiganlar uchraydi. Hammasiga ulgurishni xohlaysizmi? Muvaffaqiyatli odamlardan o‘rganing.

Chalg‘imang

Nima bilan shug‘ullansangiz ham, ishni oxirigacha yetkazing. Aktyorlar, jamoatchilar va tadbirkorlar uchun trening olib boruvchi Josh Peys har gal boshqa ishlarga chalg‘ib ketganingizda aynan “Men shu yerdaman!” deb baqirishni maslahat beradi.

Ko‘pvazifalilikning oldini oling

Elektron manzil, Instagram, Facebook — bular siz loyihani tugatishga urinar ekansiz, kompyuteringizda ochiq turgan vkladkalarning bir nechtasi xolos.

Ko‘pvazifalilik anchadan beri oddiy holga aylanib qolgan, lekin odam miyasi bir vaqtning o‘zida bir nechta jarayonlarni olib borishga qodir emas. Ko‘pvazifalilik rejimida ishlashda siz diqqatingizni bir joyga to‘play olmaysiz va xatoga yo‘l qo‘yasiz, demak bu ishga ko‘proq vaqtingiz ketadi.

Hamkasblaringiz bilan tanaffus qilishni unuting

Tasavvur qiling: siz loyiha ustida ishlayapsiz, hamkasbingiz kelib sizdan o‘zining taqdimoti uchun maslahat so‘raydi. Siz rozi bo‘lasiz va unga bir-ikkita maslahat berasiz.

Bunga bor-yo‘g‘i 1—2 daqiqa vaqtingiz ketgan bo‘lsa ham, aslini olganda yana fikringizni jamlab ishga kirishib ketguningizcha sizga o‘rta hisobda 20 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi.

Salbiy hissiyotlardan qutuling

Muvaffaqiyatli kishilar o‘zlarining hissiyotlarini nazorat qiladi: tanglikni yo‘qotishda trenirovka yoki yoga mashqlari har doim yordam beradi. O‘zingizga mos keladigan reja tuzing — bajarganingizdan keyin o‘zingizni yengil va erkin his qiladigan mashg‘ulot o‘ylab toping.



Manba:daryo.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3468 | Рейтинг: 0| Рейтинг: maslahat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное