Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Pazanda - Sad Love
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ayol Qalbi - True Love
. Choli Qushi-soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Merlin-Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
Главная » Файлы » Qiziqarli

“O‘limni aldash”: qanday qilib startap Bezosning milliardlari va Nobel mukofoti sovrindorlari yordamida umrboqiylikni yaratmoqchi?

Avvalroq Amazon asoschisi va amerikalik milliarder Jeff Bezos o‘limga qarshi dorini yaratish ustida ish olib borayotgan Altos Labs kompaniyasiga sarmoya kiritgani haqida xabar berilgan edi. 

Startap o‘sha vaqtda 3 mlrd dollar mablag‘ni o‘ziga jalb qilib, yosharish texnologiyalarini ishlab chiqish uchun eng yaxshi mutaxassislarni yollashni boshlagan edi.

Altos Labs asoschisi Milliy saraton institutining sobiq rahbari Richard Klausner bo‘lib, dunyoning eng yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lmish GlaxoSmithKline’ning ilmiy xodimi Xell Berron kompaniya bosh rahbari etib tayinlandi. 

Kompaniyada bir necha Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘lib, ularning orasida 2006-yili hujayralarni qayta dasturlash usulini yaratgan Sinya Yamanaka ham bor. U yaratgan texnologiya organizm hujayralarini embrional holatigacha yashartirishi kerak edi.

Bu o‘zi qanday texnologiya? Altos Labs haqiqatan ham o‘limni aldashi mumkinmi? 

Hujayralarni qayta dasturlash

Altos texnologiyasi ko‘p tomonlama Yamanaki kashfiyotiga asoslanadi. U 2006-yildayoq hujayraga genlarni boshqaruvchi jami to‘rtta oqsil moddasi qo‘shilsa, ularni qayta dasturlash, ya’ni avvalgi yoshlikdagi holatiga va moshlashuvchan embrional ildizli hujayralarga qaytarishi mumkinligini kashf qilgan edi. 

Ildizli hujayralar – teri, jigar, miya va asab hujayralari kabi organizmdagi qolgan barcha hujayralarni yaratilishida xizmat qiladigan xomashyo.

Ildizli hujayralar laboratoriya tabiiy sharoitlarida yoki organizmning o‘zida yana ko‘plab hujayralarni shakllantirgan holda bo‘lina boshlaydi.

Ushbu embrional ildizli hujayralardan nosog‘lom hujayralarni qayta tiklash, hattoki butun organizmni yashartirish uchun ham foydalanish mumkin. 

Yamanaki texnologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqot davomida ba’zi sichqonlarda shishlar paydo bo‘lgani aniqlangan, ammo boshqalarida esa haqiqatan ham yasharayotgan to‘qimalar alomatlari kuzatilgan.

Foto: Tek Deeps

Sichqonlarda sinovdan o‘tkazilayotgan keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hujayralarning qayta dasturlanishi kam uchraydigan irsiy kasalliklarni (masalan, progeria – organizmning erta qarishi) to‘xtatishi, shikastlangan mushaklar tiklanishini tezlashtirishi va jigarning parasetamoldan zararlanishining oldini olishi mumkin.

Altos Labs’ning boshqa asosiy yo‘nalishi odamlarda “stressga nisbatan kompleks munosabatlar”ni tadqiq qilishdir.

Olimlar yuqori darajali stress inson organizmidagi hujayralarga zarar yetkazishi mumkinligini isbotladi. Agarda zararlangan ushbu hujayralar hujayra bosimiga uchrasa, yangi hujayralarga ham zarar yetadi.

Shuningdek, Altos hujayra yoki insonning nisbiy yoshini aniqlash bo‘yicha ma’lum texnologiya ustida ish olib boradi.

Dastlab Stiv Xorvat tomonidan taklif qilingan ushbu biologik soatlar usuli genlardagi epigenetik belgilarni aniqlaydi. Bunday belgilar genlarni o‘chiradi va ishga tushiradi, ammo yosh o‘tgan sayin ularning tuzilishi ishdan chiqadi.

Bu kabi biomarker hayot davomiyligini uzaytiruvchi yoki qarishni sekinlashtiruvchi har qanday yangi preparat samarasini aniqlashda muhim usulga aylanishi mumkin.

Umrboqiylikni yana kim kashf qilishga urinyapti? 

Qayta dasturlash texnologiyalari boshqa startaplar, shu jumladan, Buyuk Britaniyadagi Life Biosciences, Turn Biotechnologies, AgeX Therapeutics va Shift Bioscience tomonidan ham tadqiq qilinmoqda.

Britaniyalik milliarder Jim Mellon tomonidan ham umrni uzaytirish bo‘yicha Juvenescence shaxsiy kompaniyasi yaratilgan, garchi u yerdagi hech bir tadqiqot insonlarni davolashning biron-bir usullarida klinik sinovlarni keltirib chiqarmagan. 

Biror-bir qismni yoki butun inson tanasini yashartirishga qaratilgan qayta dasturlash bir necha yuz million dollar mablag‘ni sarmoya sifatida yig‘ib olmoqda, — deydi Garvard universiteti tadqiqotchisi Devid Sinkler.

Biologik texnologiyalar kompaniyasi Gordian Biotechnology’ning bosh ilmiy xodimi Martin Borx Jensen qayta dasturlash texnologiyasi “ulkan oltin uymasi” ekanligini va unga kechiktirmay sarmoya kiritish kerakligini ta’kidlaydi.

Maydonga ko‘p narsa qo‘yilgan, – deydi Jensen. – Agarda qayta dasturlash texnologiyasi va qarish biomarkalari ish bersa, u bozorga juda katta ta’sir o‘tkazadi.

Biroq texnologiyani tanqid qiluvchilar ham bor. Ular uzoq umr ko‘rish imkoniyati hozir badavlat kishilar uchun ustunlikka aylanadigan bo‘lsa, keyinchalik qimmatbaho yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi jamiyatda uzoq umr ko‘ruvchi boylar va o‘lim topuvchi kambag‘allarga ajratilishi yanada kuchayishini ta’kidlashmoqda.

Foto: New Economy

Kompaniya hozirda hisoblash biologiyasi, biofizika va biokimyo bo‘yicha mutaxassislarni izlamoqda.

Altos Labs kompaniyasi hujayralarning qanday qarishi va ushbu jarayonni orqaga qanday qaytarish bo‘yicha tadqiqotlarni hech bir qiyinchiliksiz o‘tkaza olishga va’da bermoqda.

 



Категория: Qiziqarli
Просмотров: 1931 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nobel, Bezos, o‘lim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное