Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Amitabh Bachchanning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

So‘nggi vaqtlarda internet-nashrlar, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram, Whatsapp kabi messenjerlarda taniqli shaxslar, mashhur san’atkorlar, shou-biznes olamining ko‘zga ko‘ringan vakillari haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, yolg‘on xabarlar yashin tezligida tarqalishiga o‘rganib qoldik. Omma fikriga ko‘ra, ma’lum internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar bu bilan o‘z reytinglarini oshirmoqchi bo‘lishadi. Yolg‘on, ammo savol ko‘rinishidagi ma’lumotlarni tarqatish ommani jalb qilish, shuhrat topishning eng oson usuli. Biroq inson taqdirichi? Yolg‘on xabarni tarqatishga bo‘lgan javobgarlikchi?

Bugun erta tongdan Telegram messenjeridagi ayrim kanallarda bollivudning taniqli aktyori Amitabh Bachchanning vafot etgani bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Xabarda aktyorning xastalikka chalingani va vafot etgani aytiladi va Bachchanning shifoxonada yotgan surati ilova qilinadi. Bu xabar aktyorning o‘zbekistonlik muxlislarini xavotirga solmay qo‘ymadi, albatta. Tinimsiz qo‘ng‘iroqlar sabab bunga aniqlik kiritishga harakat qildik. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Abitabx Bachchan haqida tarqalgan xabarlar yolg‘on. Bollivud olami OAVlarining ma’lum qilishicha aktyorning salomatligi joyida.

Bollivud hayotidan hikoya qiluvchi chet el nashrlarida bu haqda biror bir ma’lumot bor yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rib, buning yolg‘on ekaniga yana bir bor amin bo‘ldik. Surat fotoshopning “hosilasi”.

Biroq Amitabx Bachchanning o‘limi haqidagi bu xabar birichisi emas. 2012 yili ham uning Mumbayda avtohalokat tufayli vafot etgani haqidagi yolg‘on xabarlar tarqalgandi. O‘shanda aktyorning muxlislari bunday ma’lumotlarni tarqatgan nashrlarni qoralab chiqishgan.

2013 va 2014 yillarda ham shunga o‘xshash ma’lumot tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Bollivud qiroli, tirik afsona Amitabh Bachchan 1942 yilning 11 oktyabrida Ollohobodda dunyoga kelgan. U aktyor, siyosatchi, prodyuser, teleboshlovchi sifatida o‘z yurti va dunyo mamlakatlari orasida millionlab muxlislariga ega. Rafiqasi aktrisa Jaya Bxaturi bilan 1973 yil turmush qurgan. 1974 yil qizi Shveta, ikki yil o‘tib 1976 yili esa aktyor Abxishek Bachchan dunyoga kelgan.
Umida Yakubova


Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 19333 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Amitabh Bachchan, o‘lim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Birovni O'ldi Db yolgon xabar taratguncha, Ozi Saytga Qanaqadur Loyiha olib kirsa nima bolarkan a?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное