Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston bayrog‘i o‘xshash davlat bilan ilk marta diplomatik aloqa o‘rnatdi
Serra-Leone Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 143-davlatga aylandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat hukumati nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Serra-Leone Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Alxaji Fand Turay imzolagan.

Qayd etish joiz, ushbu davlat G‘arbiy Afrikada Atlantika okeani sohilida joylashgan, Britaniya Hamdo‘stligi, IHT, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa xalqaro tashkilotlar a’zosi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlagan.
Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning G‘arbiy Afrika davlatlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, Serra-Leonening davlat ramzi hisoblangan bayrog‘i O‘zbekistonnikiga o‘xshaydi. Serra-Leone bayrog‘ida ham yashil, oq va ko‘k ranglari joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘ining pastdan yuqoriga ko‘rinishini eslatadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 10 oktyabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma qaror imzolangan. Gayana Kooperativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 142-davlat bo‘lgandi. 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1873 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, o‘xshash, davlat, marta, aloqa o‘rnatdi, bilan, diplomatik, bayrog‘i, ilk
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное