Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Pazanda - The Sound of Love
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Muhim! O‘zbekiston davlat qarzining chegarasini belgiladi
O‘zbekistonda Davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 60 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak etib belgilandi. Bu bo‘yicha “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. 

Qonun bilan davlat organlarining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari belgilandi. Unga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. 

Qonunga ko‘ra, davlat qarzini boshqarish quyidagilardan iborat:

davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;
davlat tomonidan mablag‘ jalb etish;
davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘larni boshqarish;
davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish;
davlat qarzini restrukturizatsiya (strukturasini o‘zgartirish) qilish;
davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘larni qaytadan kreditlash;
davlat kafolatini rasmiylashtirish va taqdim etish;
davlat qarziga oid shartnomalarni va davlat kafolatlarining ro‘yxatini yuritish;
davlat qarzining hisobi va hisobotini yuritish;
davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash va davlat kafolatlarini bajarish.
Shunga ko‘ra, davlat qarzini boshqarish strategiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan fiskal strategiya bilan birgalikda 3 yil muddatga tasdiqlanadi.

Davlat qarzi ichki va tashqi qarzni o‘z ichiga oladi hamda qisqa (1 yilgacha), o‘rta (1 yildan 5 yilgacha), uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq muddatga) bo‘lishi mumkin.

Belgilanishicha, davlat qarzining eng yuqori miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach, kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston davlat qarzi 2022 yilda rekord daraja – 29,2 mlrd dollarni tashkil qilgan. O‘tgan yilning to‘rtinchi choragida davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizga yetgan. 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1552 | Рейтинг: 1| Рейтинг: davlat, chegarasini, belgiladi, qarzining, muhim, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное