Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

O‘zbekiston-Rossiya: Yaqinlaringiz bilan chegarasiz muloqot qiling!

Ucell kompaniyasi Rossiyaning AIVAMobile operatori bilan hamkorlikda O‘zbekiston uchun unikal bo‘lgan yangi “Chegarasiz muloqotlar” xizmati ishga tushirilganini e’lon qildi.
Ucell abonentlari O‘zbekiston hududida mobil aloqa xizmatidan qulay, hamyonbop tariflar asosida foydalanadi. Biroq abonent mamlakatdan tashqariga chiqishi bilan telefon suhbatlari sezilarli qimmatlashadi, bir necha SIM-kartadan foydalanish jarayoni ham yetarlicha noqulay.
O‘zbekistonliklarning kundalik faoliyatini yengillashtirishga qaratilgan kommunikatsion yechimlarni ishlab chiqish natijasi o‘laroq, Ucell 17-fevraldan e’tiboran o‘zining barcha ofislarida “Chegarasiz muloqotlar” yangi xizmatini taqdim etdi.
Mazkur servisning qulayligi shundaki, Rossiyaga yo‘l olayotgan o‘zbekistonliklar endi bir necha SIM-karta sotib olish va xarajatlarni qisqartirish uchun Rossiya operatorlari bilan turli shartnomalar imzolash kabi ovoragarchiliklardan xalos bo‘ladi.
“Rossiyaga safar qilishni rejalashtirayotgan Ucell abonentlari O‘zbekistondan tashqarida ham foydali tarif bo‘yicha muntazam aloqani saqlab qolish masalasini oldindan hal qilishi mumkin. Buning uchun abonent Ucell ofislaridan birida 1,5 dollar evaziga ‘Chegarasiz muloqotlar’ tarifiga ulanish va ikki raqam faol bo‘lgan SIM-kartani olishi kerak”, — dedi Ucell’ning iste’molchilar segmenti direktori Agshin Gajiyev.
Ucell abonenti Rossiyaga kelishi bilan o‘z telefonida AIVAMobile’ni tanlash haqidagi SMS-bildirishnoma oladi va AIVAMobile’ning “Mehmondo‘st” tarif rejasi asosida suhbatlashish imkoniga ega bo‘ladi.
Telefonida qisqa USSD-buyruqni terish orqali, abonent qayerda ekanligiga qarab, AIVAMobile’ning Moskva yoki Sankt-Peterburg uchun mo‘ljallangan telefon raqami sohibiga aylanadi. Abonentning Ucell’dagi raqami saqlanib qoladi va mijoz O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, eski raqamidan bemalol foydalanishi mumkin bo‘ladi.
“Abonentlarimizga qulay va foydali mobil yechimlarni taklif qilish imkonini beradigan har qanday hamkorlikni ma’qullaymiz. AIVAMobile bilan hamkorlikda taqdim etilayotgan ‘Chegarasiz muloqotlar’ xizmati yordamida mijozlarimiz osonlik bilan, SIM-kartani almashtirmasdan O‘zbekiston va Rossiyadagi qarindoshlari va yaqinlari bilan aloqada qolishlari mumkin”, — deya qayd etdi Ucell bosh direktori Tonu Gryunberg.
AIVAMobile’ning “Mehmondo‘st” tarifi O‘zbekistonga qo‘ng‘iroqlar, Rossiya ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun qulay narxlarni taklif qiladi, shuningdek, mobil internet va SMSlar uchun arzon narxlarni nazarda tutadi. “Mehmondo‘st” tarif rejasida AIVAMobile raqamiga chiqish qo‘ng‘irog‘ining birinchi daqiqasi qiymati 1 rubl, ikkinchi daqiqadan boshlab 0 rublga teng. O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘iroqlari 2,90 rubl, Rossiyaning boshqa har qanday raqamlariga chiqish qo‘ng‘iroqlarining birinchi daqiqasi 2,5 rubl. AIVAMobile tarmog‘i ichida kirish qo‘ng‘iroqlari — bepul. Kunlik abonent to‘lovi — 0 rubl.
“O‘zbekiston biz uchun muhim bozor va bugungi xizmatning ishga tushirilishi AIVAMobile’ning MVNO-tarmog‘ini rivojlantirish yo‘lidagi muhim voqeadir. Ucell’ning ‘Chegarasiz muloqotlar’ xizmati Rossiya hududida o‘z qamroviga (Moskva shahri va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida) ega, bu esa abonentga kunu-tun o‘z yaqinlari bilan aloqada bo‘lish imkonini beradi. Tojikiston va Finlyandiyadan so‘ng, O‘zbekiston AIVAMobile xizmatlaridan foydalanish mumkin bo‘lgan uchinchi mamlakatga aylandi. Mijozlar foydasi yo‘lidagi professional va ishonchli hamkorlik munosabatlari uchun mahalliy hamkor — Ucell kompaniyasiga minnatdorchilik bildiramiz”, — dedi AIVAMobile savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatuvchi “Mejregionalniy TranzitTelekom” (MTT) kompaniyasining Mobil biznes departamenti direktori Pavel Velikanov.


Manba:daryo.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 8298 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: muloqot, O‘zbekiston-Rossiya, aloqa, Ucell
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
uchqunjon Зур буптику качондан сотувга чикаркан админ илтимос малумот беринг Сурхондаре томонларга качон етиб бораркин олдиндан рахмат!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное