Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston so‘mi 2017 yilda eng ko‘p qadrsizlangan deb topildi


Dunyo moliya bozorining professional ishtirokchilarini moliyaviy axborot bilan ta’minlashga ixtisoslashgan “Bloomberg” nashri tomonidan, 2017 yilning eng qadrli va eng ko‘p qadrsizlangan valyutalari reytingini e’lon qildi.

Nashrning tahliliga ko‘ra, Janubiy-Sharqiy Afrikada joylashgan Mozambik davlatining “metikal”i eng qadrli deb topildi. Bunig asosiy sababi, Mozambik hukumati o‘z valyutasining qadrsizlanishini qattiq nazoratga olgani, deb e’tirof etilgan.

2017 yilning eng ko‘p qadrsizlangan valyutasi, deb O‘zbekiston so‘mi tan olingan. So‘m o‘tgan yil davomida 60 foizga qadrsizlangan. Alohida qayd etish kerakki, 2017 yilning 5 sentyabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birlamchi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolan edi. Mazkur Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha xorijiy valyutani tijorat banklaridan xarid qilishlariga cheklovlar bekor qilindi. Markaziy bank AQSh dollari va boshqa xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini e’lon qilib, unga ko‘ra, 5 sentyabrdan e’tiboran AQSh dollarning O‘zbekistondagi rasmiy kursi 8100 so‘mga teng bo‘lishi belgilandi, ya’ni, dollarning rasmiy kursi oldingi narxiga nisbatan birdaniga 3889 so‘m 65 tiyinga oshgandi.

“Bloomberg” nashri ham so‘mning qadrini sun’iy ravishda ushlab turishdan voz kechilgani, so‘mning qadrsizlanishiga sabab bo‘lganini ta’kidlagan.

Obil Safarov



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7962 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pul, O‘zbekiston so‘mi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное