Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

O‘zbekistonda Beeline abonentlari soni 10,5 milliondan oshdi

6-mart kuni Beeline 2013-yilning IV choragi bo‘yicha moliyaviy va operatsion natijalarini e’lon qildi.

Dekabr oyining natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng yirik aloqa operatori abonentlarining soni 10 518 000 ga yetdi. Yil davomida abonent shartnomalari sonining o‘sishi 324 000 yoki 3 foizni tashkil qildi.

Bir oy davomida bitta mobil abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) IV chorakda 3 foizga, 5,5 dollarga qadar o‘sdi. Bunda MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar soni) chorak mobaynida 2 foizga, 493 daqiqagacha pasaydi (iyul—sentabr oylarida bu ko‘rsatkich 504 daqiqaga teng edi).

O‘zbekistonda EBITDA to‘g‘rilangan ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan nomoddiy aktivlar va zararlarning amortizatsiyasini hisoblashgacha bo‘lgan operatsion foyda) 2012-yilning IV choragiga nisbatan 18 foizga o‘sdi. Bundan tashqari yildan-yilga operatsiyalarning marjinalligi 3,5 foizlik punktdan ko‘pga o‘sdi.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 2245 | Рейтинг: 0| Рейтинг: beeline
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное