Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda “maska” narxini oshirgan dorixonalarning lisenziyasi olib qo‘yiladi


O‘zbekistondagi dorixonalarda tibbiyot niqoblarining narxi sun’iy ravishda keskin ko‘tarilayotgani fuqarolar tomonidan keskin tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi ushbu holatga munosabat bildirib, farmasevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlardan dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibiga, lisenziya talablari va shartlariga qat’iy rioya qilishlarini so‘radi. Shuningdek, agentlik o‘z vakolati doirasida tibbiyot mahsulotlari narxi qimmatlashtirilgan dorixonalarga berilgan farmasevtika faoliyati uchun lisenziyasining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatilishini ham eslatib o‘tdi.

“So‘nggi vaqtlarda xorij davlatlarida, xususan Xitoy Xalq Respublikasida xavfli yuqumli virus bilan kasallanish holati avj olganligi sabab respublikamiz dorixonalarida tibbiyot niqoblari taqchilligi va uning chakana narxi keskin oshib ketishi kuzatilmoqda. Shuningdek, yo‘tal, gripp va shamollashga qarshi, immunitetni mustahkamlovchi va voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalarining chakana narxida ham o‘sish kuzatilganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi belgilangan. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘z vakolatlari doirasida dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O‘z navbatida, muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) lisenziya talablari va shartlari, shu jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibi, resept asosida beriladigan hamda elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibining buzilishi – lisenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi holati hisoblanadi. Bu farmasevtika faoliyati uchun berilgan lisenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladi. Shu munosabat bilan, farmasevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlardan dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibiga, lisenziya talablari va shartlariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bayonotida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirus yuqtirganlar soni 28 ming 18 kishiga yetgan, 563 kishi vafot etgan. Dunyoning boshqa mamlakatlarida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 260 ta holat qayd etilgan.



Manba:effect.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2271 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, maska
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное