Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Odil Ahmedov: futbol o‘ynashni yig‘ishtirib qo‘yamizmi?


JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o‘rin olgan Xitoy–O‘zbekiston uchrashuvi mezbonlarning kichik (1:0) hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangani haqida xabarbergandik.

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoyga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (1:0) ancha keskin ruhda fikr bildirdi.

“O‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo qancha golli vaziyatlardan foydalana olmadik.

Endi oxirgi imkoniyat qoldi... Janubiy Koreya bilan bo‘ladigan o‘yinda yo g‘alaba qozonishimiz kerak, yoki futbol o‘ynashni umuman yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak. Biz muxlislardan qarzmiz, o‘sha qarzni uzishimiz shart”, deydi Odil Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya o‘z maydonida Eron bilan durang o‘ynadi (0:0). Suriya terma jamoasi esa Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi bahsda Janubiy Koreyani mag‘lub etgan taqdirda ham Suriya termasi Eron ustidan g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 5 sentabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv chiptalarini “Bunyodkor” stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 10033 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Odil Ahmedov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Madina Ahmedova пишет: | 03.09.2017 | 11:09 ( E-mail ) #2 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Xojiboyi gapi to'ride borb marojni yeb qaytb kelishsayam rozi ula
Like | 0
Asadbek2002 2014 - yilgi saralashda ham huddi manashunday ahvol bolgandi  ha 
Ishqilib chiqiyligda Jch ga 
Masharipov va sardorni tushirish kerag edi afsus babayan taktikani bilmaydi tajribasi pas uni 
nesterov babayanni 2 yildan beri amalga oshirib kelayotgan hatosini korsatib berdi.
Har doim shunaqa oyinchilardi togri tanlashdi blmaydi biroz ananani buzib geynrix, odil ahmedov, haydarov, sardor   rashidov, masharipov va nesterovlardi birlashtirish kere. oyinda manashu fudbolchilarni asosiy tarkibda tushirish kere!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное