Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Odil Ahmedov "Shanxay SIPG" bilan shartnoma imzolab bo`ldi




Xitoy Superligasi jamoalari qishki transferlar mavsumi oldidan jahon futbolida taniqli bo`lgan futbolchilarni o`z tarkibiga qo`shib olish bo`yicha turli ma`lumotlarni tarqatmoqda. 

Xususan, bir necha kundan beri O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedovning “Krasnodar”dan Xitoy Super ligasiga ko`chib o`tishi to`g`risidagi  xabarlar ham butun Osiyodagi futbol jamoatchiligining e`tibor markazida turibdi. 

Odil Ahmedov  “Shanxay SIPG” klubiga taklif etilgan va terma jamoamiz sardori bu klub bilan muzokara o`tkazish uchun Xitoyga ham borib kelgani haqida ma`lumotlar tarqatildi. Biroq Akmal Mirzoning “Choy ustida” deb nomlangan radiodasturiga tashrif buyurgan futbolchi Xitoy klubining taklifini oila davrasida muhokama qilib, keyingina yakuniy qarorga kelishini ta`kidlagan edi.

"Sports.uz"  axborot portaliga ma`lumot bergan va nomini oshkor etmasligimizni so`ragan xitoylik manba “Shanxay SIPG” jamoasi Odil Ahmedov bilan shartnoma imzolagani haqida malumot berdi. 

“Xitoy futboliga eng yaqin bo`lgan jurnalist Shiao Liangji “Shanxay SIPG” klubining Odil Ahmedov bilan shartnoma imzolaganini tasdiqlamoqda. Klub va futbolchi tomonidan hali rasmiy xabar berilmadi. Lekin Xitoydagi  futbolga oid  ommaviy axborot vositalarining eng ishonchli manbaasiga aylanib ulgurgan bu jurnalist shu vaqtgacha noto`g`ri ma`lumot tarqatmagan”, – deydi Sports.uz manbasi.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 4294 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Odil Ahmedov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Xitoy ga yo'l oldimi ? Omad Odil aka Ahmedovga B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное