Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

«Одноклассники» WhatsApp va Telegramning raqibini taqdim etadi

«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i bir oy ichida “OK soobщeniya” nomli xabarlar almashish uchun mo‘ljallangan mobil dasturni taqdim etadi, deb tarmoqning matbuot kotibi Anastasiya Jbanova RBK nashriga bergan intervyusida so‘zlab berdi.
Mobil dastur «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i mashhur bo‘lgan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Bolgariya va Turkmaniston kabi mamlakatlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Rossiya bozorida esa messenjer ikki oydan so‘ng ishga tushiriladi. “Biz boshqa mamlakatlardagi sinovlar tugagandan so‘ng Rossiyada ham messenjerni ishga tushiramiz”, - deb ta’kidladi Jbanova. “Odnoklassniki” vakili loyihaning sarmoyadorlari haqida ma’lumot taqdim etmadi.
WhatsApp, Telegram va Facebook Messenger dasturlarining raqibi butunlay bepul bo‘ladi va unda reklamalar mavjud bo‘lmaydi. Rus tilidan tashqari “OK Soobщeniya” foydalanuvchilari ingliz, o‘zbek va tojik tillarida suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
“OK Soobщeniya” mobil dasturi nafaqat “Odnoklassniki”dagi do‘stlar bilan, balki smartfondagi telefon kitobiga kiritilgan odamlar bilan ham chatlashishga imkon beradi. Sinov muddatida dastur faqatgina Android qurilmalarida mavjud va iOS dasturiy ta’minoti uchun esa faqat O‘zbekistonda testdan o‘tkazilmoqda. Messenjerda shaxsiy va guruh bo‘yicha chatlar mavjud bo‘lib, foydalanuvchilar fotosuratlar, video-, audio yozuvlar, hamda gif-fayllar yubora olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
“OK Soobщeniya” mobil dasturidagi ko‘pgina funksiyalar internet tarmog‘isiz ishlaydi: foydalanuvchilar uchun barcha yuborilgan xabarlar va mediafayllar ochiq bo‘ladi, oflayn rejimida yozilgan xabarlar esa tarmoqqa ulanganda avtomatik tarzda jo‘natiladi.


Manba:kun.uz
Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 6419 | Рейтинг: 0| Рейтинг: telegram, одноклассники, WhatsApp
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное