Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Pul qadri


Hozir bir so‘m pulsiz bir qadam ko‘chaga chiqib bo‘lmaydigan zamon. Uy, mashina xarid qilishdan tortib bir qatim ip ham ma’lum miqdorda pul sarfi evaziga keladi. Turmushimizda uchrab turadigan ba’zi maishiy muammolardan to davlat siyosati darajasidagi yirik muammolar ham aynan mablag‘ yetishmasligi oqibatida kelib chiqadi.

Aslida pul nima? Pul odamzot ongining mavjud mahsuli sifatida taraqqiyot ibtidosini boshlagan. U oltin, kumush, mis yoki qog‘oz ko‘rinishida muomalaga kiritilgan. Bugungi kunda pulning naqd va kredit turlari, ya’ni xalq tilida plastik kartochkada mavjud vosita. Pul xalqaro tilda “valyuta” deb ataladi. Har bir davlatning o‘z valyutasi bo‘lib, mazkur valyuta qaysi davlatga tegishliligidan qat’i nazar, o‘z qiymati, qadriyatiga ega.

“Pul – qo‘lning kiri”, deydi ba’zilar. Buning ma’nosi shuki, pulning kelishi ham, ketishi ham onson. Pul - farovon turmush, to‘kin dasturxon demak!

Pulni ta’riflash va tahsinlash uchun ijodkor bo‘lish shart emas. Uning qadrini yirik bankirdan tortib oddiy farroshgacha yaxshi biladi. Shunday ekan, nega odamlar qog‘oz pullarga yozadi? Qog‘oz pullarda eng ko‘p uchraydigan yozuvlar bu ismlar va pul miqdori. Ba’zida telefon raqamlar ham uchrab qoladi.

Pulni yomon ko‘radigan odam yo‘q. Chunki u mehnatimiz, peshona terimiz evaziga keladigan yutuqlar garovidir. Uning qadrsizlanishiga esa ba’zida o‘zimiz bilib-bilmay sababchi bo‘lamiz. Shunday ekan, pulni asrab-avaylashimiz bizning fuqarolik burchlarimizdan biri ekanini unutmaslik lozim. Axir pul, ya’ni milliy valyuta milliy qadriyat demak.

Muhayyo Saidova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2983 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pul, pul qadri
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное