Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Qirolicha - Soundterck
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Qaxvaxona - soundtreck
. Soundtreck-Великолепный Век
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qirolicha - Stakan Version
. Qalbim Chechagi-soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Putin Gruziya uchun kutilmagan qarorni imzoladi

Joriy yilning 15 mayidan boshlab Gruziya fuqarolari Rossiyaga 90 kungacha vizasiz borishlari mumkin. Bu haqda bugun, 10 may kuni e’lon qilingan Rossiya Prezidentining farmonida ma’lum bo‘ldi.

Belgilanishicha, shu yilning 15 may kunidan boshlab Gruziya fuqarolari Rossiya Federatsiyasiga kirishlari va Rossiya Federatsiyasidan ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida vizalarsiz chiqib ketishlari mumkin. Ular mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki 90 kundan ortiq muddatga Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish, shu jumladan, ta’lim olish uchun Rossiyaga kelishlari mumkin bo‘ladi.

Farmonda, shuningdek, Shveysariyaning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi qoshidagi Gruziya manfaatlari bo‘limi xodimlari sifatida Rossiyaga jo‘natilgan Gruziya fuqarolari va ularning oila a’zolariga doir qoidalar ham ko‘rsatilgan. Hujjatga ko‘ra, ularga uch oy muddatga bir martalik vizalar beriladi va ushbu xodimlar Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgandan so‘ng ular va ularning oila a’zolari Rossiyaga joriy yilning butun muddati davomida vizasiz borishlari mumkin bo‘ladi.

Rossiya Prezidenti yana bir farmoni bilan 2019 yildan beri amalda bo‘lgan Rossiya aviakompaniyalarining parvozlariga va Gruziyaga tur paketlar sotishga belgilangan taqiqni bekor qildi.

Gruziya bilan viza rejimi Rossiya hukumati qarori bilan 2000 yilda joriy qilingan. Shuningdek, Gruziya 2012 yilda rossiyaliklar uchun vizani bekor qilgan. Gruziya qonunchiligiga ko‘ra, Rossiya fuqarolari Gruziyaga vizasiz tashrif buyurishlari va respublikada bir yilgacha qolishlari mumkin. 

Qayd etish joiz, ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 2008 yilda Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyani tan olganidan keyin Tbilisi tomonidan uzilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Putin 9 may G‘alaba kuni munosabati bilan deyarli barcha Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlat yetakchilariga tabrik yo‘llagan edi. Rossiya Prezidenti MDH qatorida Moldova hamda Gruziyaning davlat yetakchilariga emas, balki xalqiga tabrik yo‘llagan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3812 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qarorni, Gruziya, imzoladi, Putin, kutilmagan, Uchun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное