Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Putin qo‘rqadigan odam”. Time jurnali Navalniydan olingan intervyu haqida

Time jurnali 31-yanvarda chiqariladigan yangi sonining muqovasiga rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning suratini joyladi, deb yozmoqda Meduza. Navalniy hozir Rossiyaning Vladimir viloyatidagi 2-sonli koloniyada jazo muddatini o‘tamoqda.

Nashrda siyosatchi haqida keng ma’lumot beruvchi maqolaning chop etilishi uning hibsga olinishiga bir yil to‘lgan vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Navalniy “Novichok” bilan zaharlanishdan keyin Berlinda davolanib, so‘ng Moskvaga qaytgan paytda aeroportda qo‘lga olingandi.

“Putin qo‘rqqan odam” deb nomlangan maqola muallifi — Navalniyni 12 yildan beri taniydigan Time muxbiri Saymon Shuster. U Navalniyning taniqli blogerlikdan bosh muxolifatchiga aylangunga qadar siyosatda bosib o‘tgan butun yo‘lini, jumladan, uning tuzilmalari “ekstremistik” deb e’lon qilinishi va mamlakatda taqiqlanishi, eng yaqin hamkorlari esa quvg‘inda ekanini hikoya qiladi.

Shuningdek, nashrda Navalniy bilan rus tilidagi intervyu chop etilgan. Jurnalistning savollariga siyosatchi 2021-yil oktabrdan 2022-yil yanvar oyi o‘rtalariga qadar koloniyadan yuborgan bir qator xatlari orqali javob bergan. Navalniy quyidagilarni gapirgan:

Koloniyadagi sharoitlar haqida

Men yashayotgan muhitning eng aniq ta’rifi — qamoqxona ichidagi qamoqxona. Otryadimda 13 kishi bor. Ulardan tom ma’noda faqat bittasiga men bilan gaplashishga ruxsat berilgan. Qolganlari faqat qisqa muloqotdan nariga o‘tmaydi. Ko‘pincha jim o‘tiramiz. Hamma joyda videokameralar bor, xodimlar har qanday holatda ham men bilan videoregistratorsiz gaplashmaydi. Men turgan barakning derazalariga oq qog‘oz qoqilgan, shuning uchun tashqarida nima bo‘layotganini ko‘ra olmayman. Ba’zan o‘zimni poyabzal qutisida yashayotgandek his qilaman.

AQSh—Rossiya muzokaralari haqida

G‘arb Putinning mayda tuzoqlariga qayta-qayta tushmoqda. U bema’ni talablar qo‘ymoqda, AQSh esa bu bema’nilikni e’tiborsiz qoldirish o‘rniga qandaydir uchrashuvlar tashkil etish uchun yelib-yugurmoqda. Xuddi maktab o‘quvchisi o‘zidan katta sinf bolasidan qo‘rqqani kabi.

AQSh qat’iy sanksiyalar bilan javob qaytarmoqchi. Lekin Putinga aynan shu kerak. Buni teskari o‘girsak, siz Ukrainaga hujum qilmasangiz, biz sanksiyalarni qo‘llamaymiz, degani. Bunday “ikki yurish” oddiy va ravshan, ammo Putin qanday qilib ularni Amerikaga qayta-qayta qo‘llayotgani hayratlanarli: keskinlashish tahdidi — savdo — ortga yurish, keskinlashish tahdidi — savdo — ortga yurish.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida

AQShning Rossiyadagi xorijda aktivlari bo‘lmagan ayrim polkovnik va generallarni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shayotganini ko‘rib, ko‘zimizni yumishdan charchadik. Ular Putin istaklarining oddiy ijrochilari, xolos.

Putinga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, uning shaxsiy puliga ta’sir qiling. Ular yonginangizda. Putinning pullariga egalik qiladigan oligarxlari va do‘stlarining ismlarini hamma biladi. Uning yaxtalari va saroylarini kimlar moliyalashtirayotganini, ikkinchi va uchinchi oilasini kimlar boqayotganini bilamiz. Bu elitaning ayrimlarini Putin rejimi oxir-oqibat foydadan ko‘ra ularning hissiy farovonligi uchun muammo ekanini tushunishga majbur qilish lozim.

O‘tgan yil davomida Rossiyada qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

2020-yilning kuzidagi va hozirgi Rossiya — boshqacha siyosiy rejimga ega turli mamlakatlar. O‘shanda ham u to‘liq avtoritar hukumat edi, lekin shunga qaramay, nomzodlarning saylovlardan ommaviy va butunlay chetlatilishi, barcha mustaqil jurnalistlarning “xorijiy agent” sifatida, minglab odamlarni juda kamchilik tasavvur qila oladigan ekstremist sifatida tan olinishi bor edi. Belarusdan uzoq yillarni talab qilgan yo‘lni Rossiya bir necha oyda bosib o‘tdi.

Rossiyadagi siyosiy o‘zgarishlar ssenariylari haqida

Rossiyada hamma narsa bo‘lishi mumkin. Turmush darajasining pasayishi tufayli ommaviy tartibsizliklardan (daromadlar ketma-ket sakkizinchi yil pasaymoqda) saroy to‘ntarishigacha. Odil umumiy saylovlarga erishishni bosh maqsadim sifatida ko‘raman. U yerda men saylovchilar belgilaydigan joyni allaqachon egallab olyapman. Ha, ehtimol, qandaydir ko‘cha voqealari va norozilik namoyishlari bo‘lishi mumkin, ammo ulardan keyin faqat adolatli saylovlar bo‘ladi.

Putin Navalniyni qamoqqa tashlab nimaga erishdi?

Bu Putinning shaxsiy hissiy qarori ekaniga shubha yo‘q. “Ojizligingni ko‘rsatma” mantig‘i bilan harakat qilib, oqilona hisob-kitoblardan voz kechdi. Xo‘sh, nimaga erishildi? Men muhrlangan oynali qutida yashayapman, etik va bushlat (mahbuslarning ish kiyimi)da yuribman. Oyog‘imda etik bilan Time jurnaliga intervyu beryapman, bizning “Aqlli saylovlarimiz” esa barcha yirik shaharlarda o‘z nomzodlarini g‘arq qildi. Qo‘shimchasiga emigratsiya to‘lqini. Yana jamiyatning g‘azabi. Qolaversa, hozir yagona do‘st — Lukashenko. Bunday mamlakat esa investitsiyalarni qabul qilmaydi. Demak iqtisodiy o‘sish bo‘lmaydi. Bularning barchasiga mening hibsga olinishim sabab bo‘ldi, demayman, lekin bu voqealar zanjiridagi muhim turtki bo‘lgani aniq.

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2195 | Рейтинг: 0| Рейтинг: jurnali, Putin, intervyu, Navalniydan, haqida, qo‘rqadigan, olingan, Time, odam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное