Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuvlarda qancha odam halok bo‘lgani aytildi
Tojikiston bilan chegaradagi qurolli to‘qnashuvda jarohatlangan qirg‘izistonlik harbiylar soni 18 kishiga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

“So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 18 nafar Qirg‘iziston harbiysi jarohatlangan”, deyiladi xabarda. Vazirlik jarohatganlarning holati va og‘irligi haqida bir kun ichida ma’lumot berishini aytgan.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning Do‘stuq qishlog‘ida yashovchi 15 yoshli qiz Elzada Mannonova shrapnel jarohatidan vafot etgan. Bu ma’lumotni qizning otasi Malik Mannanov ham tasdiqlagan

Qirg‘iz harbiylari bilan to‘qnashuvlarda  Tojikiston tomonidan bir nafar chegarachi halok bo‘lgan, uch nafari yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston harbiylari Qirg‘iziston bilan chegaradagi yana bir qancha hududlarni o‘qqa tuta boshladi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari muzokaralar o‘tkazdi va uning davomida chegaraning umumiy uchastkasida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.

Ikki davlat chegarasida vaziyat 14 sentyabr kuni keskinlashgan. Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, tojik chegarachilari chorshanba kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Buloq-Bashi hududidagi chegara hududiga kirib, “jangovar pozitsiyalarini egallagan”. Qirg‘iziston harbiylarining hududni tark etish talabiga javoban Tojikiston chegarachilari o‘t ochgan, shundan so‘ng otishma boshlangan. Oradan bir necha soat o‘tib, Botken viloyatining Kak-Say va Paski-Ariq tumanlarida ham qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Kechqurun otishmalar to‘xtagan, qirg‘iz tomoni ikki nafar harbiy xizmatchi va uch nafar tinch aholi vakillari yaralangani haqida xabar bergan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1888 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aytildi, Halok, chegarasidagi, to‘qnashuvlarda, bo‘lgani, qirg‘iz, tojik, odam, qancha
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное