Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda anomal sovuq qancha davom etishi aytildi

Ushbu haftaning oxirigacha anomal (g‘ayritabiiy) sovuq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida qor yog‘adi,  respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarini ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi. 

11 yanvarda faqat respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan qor yog‘ishi saqlanib turadi. 

Keyinchalik hafta oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 

10-11-yanvar kunlari Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda,  ba’zida esa 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. 

Sovuq havoning kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha haroratning sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘ladi. 

Haftaning o‘rtasiga kelib, harorat kechalari 12-17° sovuqgacha, ba’zi joylarda 20° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqgacha, ba’zi joylarda 12° sovuqgacha pasayadi. Eng kuchli sovuq respublika shimolida – kechalari 20-25° sovuqgacha, Ustyurtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida 27-30° sovuqgacha, kunduz kunlari 7-12° sovuqgacha bo‘lishi kutilmoqda. 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3197 | Рейтинг: 1| Рейтинг: aytildi, sovuq, etishi, qancha, davom, O‘zbekiston, anomal
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное