Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Putinning O‘zbekistonga qachon kelishi aniq aytildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahridagi sammiti doirasida tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining muzokaralari kun tartibidan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Alohida e’tibor sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlar va ishbilarmonlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, qo‘shma iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni ilgari surishga qaratiladi.

Shu bilan bir qatorda davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Prezident Vladimir Putin, shuningdek, SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi tadbirlarida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor Rossiyaga 28 dekabr kuni amaliy tashrif bilan borgan edi. O‘shanda Mirziyoyev Sankt-Peterburgda bo‘lib, MDHning norasmiy sammitida ishtirok etgandi. 

Rossiya Federatsiya Prezidenti Vladimir Putin esa O‘zbekistonga oxirgi marta pandemiyadan ancha avval, 2018 yilning 18-21 oktyabr kunlari kelgan edi. 



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2252 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kelishi, aytildi, O‘zbekiston, Putin, qachon, aniq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное