Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

O‘zbekistonda arzon avtomobillar qachon ishlab chiqariladi?

Bugun, 6-yanvar kuni AOKAda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar, sohaga oid muammolar va ularni bartaraf etish choralari, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Tadbirda Xabardor.uz muxbiri “aholining o‘rta qatlami og‘rinmasdan, bemalol sotib olishi mumkin bo‘lgan, hamyonbop avtomobillar ishlab chiqarish kompaniya rejasida bormi” mazmunidagi savoliga javob oldi. Mazkur savolga Savdoni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Mirsamukov quyidagicha javob berdi:

“Albatta, buni ham rejamizga kiritganmiz. Hozirda juda ko‘plab korxonalar bilan shu xususida muzokaralar olib boryapmiz. Masalan, hozir bizda eng arzon mashina “Spark” bo‘lsa, uning narxidan ham arzonroq mashinani ishlab chiqarish va xalqqa taqdim etishni biz ham xohlaymiz. Bu borada Xitoy kompaniyalari bilan ishlash imkoniyati ham yo‘q emas. Ammo sifat nuqtai nazaridan talabga javob beradimi, yo‘qmi – shu ma’noda bizda biroz shubha bor. Negaki u korxonalar (Xitoydagi) yangi paydo bo‘lgan va narxi ham ancha arzon. Shuning uchun bu borada biroz shoshmaganimiz ma’qul. Lekin yaqin orada ular orasidan eng sifatli hamkor topib, mahalliy qatlam uchun yanada arzon bo‘lgan avtomobillarni ham taqdim etishga harakat qilamiz”, deydi “UzAvtosanoat” AJ vakili.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 2036 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qachon, ishlab chiqariladi, O‘zbekiston, arzon avtomobillar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное