Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston hududi shiddat bilan cho‘llanishda davom etmoqda: sabab, oqibat va yechimlar

O‘zbekiston hududi shiddat bilan cho‘llanishda davom etmoqda: sabab, oqibat va yechimlar

Har daqiqada O‘zbekistonning 9 kvadrat metr hududi cho‘llanib boryapti. Ekologik va geoekologik muammolar kun sayin o‘sib bormoqda. Ammo cho‘llanishga qarshi kurash masalasi hozircha kun tartibida emas.

Har soniyada dunyo bo‘ylab 23 gektar cho‘llanib boryapti. Bu holat davom etaversa, 2050 yilga borib, Yer yuzining 95 foizi cho‘llanishi va bu 3 milliarddan ziyod odamni oziq-ovqat tanqisligida qoldirishi mumkin.

O‘tgan asrdan beri geoekologik muammolar qatoriga cho‘llanish ham qo‘shildi. Xo‘sh, cho‘llanish nima va bu jarayon ortida insoniyatni nima kutyapti? Cho‘llanishga qarshi kurashish natija beradimi?

Cho‘llangan o‘lkalarda ekologik tizimlar buziladi, organik hayotning barcha shakllari yomonlashadi

Cho‘llanish – yerning ekin ekilmaydigan yaroqsiz holga kelish jarayonidir. Bunda qurg‘oqchil iqlimli o‘lkalarda ekologik tizimlar buziladi, ulardagi organik hayotning barcha shakllari yomonlashadi. Bu – dunyoni tabiiy iqtisodiy inqirozga olib keladi.

Cho‘llanish qashshoqlikni keltirib chiqaradi. Va hozir yaxshi yashayotgan 3,2 milliard odam yaqin kelajakda oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Har yili dunyo bo‘ylab 12 million gektar, 1 daqiqada esa 23 gektar yer cho‘llanadi. Hozir Yer yuzining 75 foizi cho‘llangan. Agar bu tahdid davom etaversa, 2050 yilga borib Yer yuzining 95 foizi yaroqsiz holga keladi.

Cho‘llangan suvli hududlarning 87 foizi oxirgi 300 yil ichida shunday holga kelgan. Yana ham yaqin tarixga qaraydigan bo‘lsak, cho‘llanishning 54 foizi oxirgi 100 yilga to‘g‘ri kelgan. Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrikada bu jarayon hamon davom etmoqda. O‘zbekistonda esa har daqiqada 9 kvadrat metr hudud cho‘llanib boryapti.

Cho‘llanishga nima sabab bo‘ladi?

Cho‘llanishga tabiiy va antropogen omillar ta’sir ko‘rsatadi. Anrtopogen, ya’ni inson sabab bo‘ladigan omillarga yerlarni noto‘g‘ri sug‘orish, yerlarning ifloslanishi, sanoat chiqindilari, tosh, qum va minerallarni qazib olish kiradi.

Shuningdek, dunyo aholisining o‘sib borishi – cho‘llanishning asosiy sabablaridan biri. Chunki odamlar ko‘paygani oziq-ovqat va moddiy boyliklarga talabni ham oshiradi. Bu esa yerdan ko‘proq hosil olish kerakligini anglatadi. Natijada dehqonchilik maydonlari ayovsiz ishlatiladi va yaroqsiz holga keladi.

O‘zbekistonda yaqin yillar ichida cho‘llanish jadallashgan

Fanlar akademiyasi qoshidagi Seysmologiya instituti direktori, geografiya fanlari doktori Vahob Rafiqovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda cho‘llanish jarayonini o‘rganish va xaritaga solish o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlangan. Hozirga kelib cho‘llanish jadallashmoqda.Olimning aytishicha, 2015 yildagi O‘zbekiston hududining cho‘llanish jarayoni aks etgan 1 million masshtabli xaritada yashil hududlar ko‘pligini ko‘rish mumkin. Shu holatda O‘zbekiston 80ga yaqin quruq va ho‘l mevani yetishtirib, 180ga yaqin mamlakatga eksport qiladi.
 

“Agar cho‘llanishga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirmasak, 2030–40 yillarga borib, eksport hajmi keskin tushib ketadi. Bu jarayon yildan yilga kuchayib boryapti. Masalan, janubiy, sharqiy, shimoliy va borgan sari g‘arbiy viloyatlarga qarab cho‘llanish jarayoni tezlashyapti.

Qarnacho‘l, Mirzacho‘l, Sherobod, Dalvarzin, Qoraqalpoq cho‘llari chegaralari kengayishda davom etyapti. Ular qatoriga o‘tgan yillar ichida eng yosh bo‘lgan cho‘l – Orolqum ham qo‘shildi. Orolqum hozir 60 yoshga to‘ldi va uni dunyodagi eng yosh cho‘l desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Orolqum cho‘li Turkmanistondagi Qoraqum cho‘li bilan O‘zbekistondagi Qizilqumni birlashtirib yubordi. Avval bularning o‘rtasidan Amudaryo oqib o‘tardi”, – deydi Vahob Rafiqov.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 639 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hudud, etmoqda, Shiddat, davom, cho‘llanish, sabab, O‘zbekiston, yechimlar, Oqibat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное