Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qoraqalpog‘istonda bemorga qaragan hamshira va uning qizi koronavirusga chalindi

Bugun, 7 aprel holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronaviruska chalingan bemorlar soni 11 nafarga yetdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston SSV ma’lum qildi.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, dastlab koronavirus aniqlangan Nukus shahrida yashaydigan bir erkak kishi va uning onasi bilan muloqatda bo‘lgan kishilar karantinga olinib, ulardan ham tahlillar olingan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, afsuski, yana quyidagilarda koronavirus kasalligi aniqlangan:
•    erkak kishining ayoli va ularning ikki qizida;
•    erkak kishi bilan onasiga tibbiy yordam ko‘rsatgan hamshira va uning qizida;
•    erkak kishi bilan birga ishlaydigan erkak kishida;
•    Favqulodda vaziyatlar vazirligida xizmat safari bilan Toshkent shahridan kelgan 3 nafar erkak kishida.
Hozirda kasallanganlar Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli o‘rtacha darajada. Epidemiologik tekshirish ishlari davom etmoqda.


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3912 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qoraqlpog‘istonda, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное