Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qozog‘iston va O‘zbekistondagi UzAuto Motors avtomobillari narxlari solishtirildi
O‘zbekistonning mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchisi UzAuto Motors o‘zining monopol mavqeidan foydalangan holda mamlakat ichki bozorida avtomobillarni oshirilgan narxlarda sotmoqda degan fikr ko‘pchilik avtoixlosmandlar tomonidan ilgari surilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydalanuvchilar Qozog‘istonda mashinalar ko‘p, narxlar esa ancha arzon, deb ta’kidlaydi. Ammo real hayot butkul teskarisini ko‘rsatadi. Keling, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi avtomobillar hamda ularning narxini bir nechta misol bilan ko‘rib chiqaylik.Misolni ikki mamlakatda ham ommaboplikka erishgan Chevrolet Cobalt'dan boshlaylik. Ushbu qulay va qimmat bo‘lmagan avtomobil xaridorlarga darhol manzur keldi. Oddiy va keng sedan 2022 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil modeliga aylandi.Qozog‘iston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi (QABA)ning ma’lumotiga ko‘ra, UzAuto Motors mamlakatda oyiga o‘rtacha 2 500 dona Cobalt avtomobilini sotadi. Sotuvda liderlik qiladi. Chevrolet-auto.kz rasmiy saytida Chevrolet Cobalt Elegant AT eng qimmat komplektatsiyasining narxi 6 990 000 tengeni tashkil qiladi. AQSH dollarida hisoblaydigan bo‘lsak, bugungi kurs bo‘yicha 1$=465 tengega tengligini hisobga olsak, mashinaning Qozog‘istondagi narxi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bizning avtosanoat sedanning eng qimmat komplektatsiyasini 128 645 000 so‘mga taklif qilmoqda. Taqqoslash uchun bu summani dollar kursiga o‘tkazamiz: 1$=11 300 so‘m. Chevrolet Cobalt Elegant AT'ning O‘zbekistondagi narxi 11 400 dollar. 11 400 va 15 000 – orasidagi farq sezilarli. Kimlardir narxdagi bunday farqdan juda hayratda qoladi, lekin bu haqiqat. Xulosa o‘zingizdan.Misolni bugungi kunda mashhur bo‘lgan kichik SUVlar segmentini ko‘rib chiqish bilan davom ettiramiz. 2022 yilda UzAuto Motors Tracker ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Yorqin dizaynga ega bo‘lgan shinam, keng avtomobil har ikki mamlakatda ham talab yuqori. Chevrolet-auto.kz rasmiy saytida ko‘rsatilgan Qozog‘istondagi ushbu SUVning eng qimmat komplektatsiyasi uchun 10 990 000 tenge ko‘rsatilgan, bu dollarda 23 650 dollarga teng, Chevrolet Tracker Pryemier eng qimmat komplektatsiyasi O‘zbekistonda 249 million so‘mga teng. Taqqoslash uchun uni dollarga aylantiramiz. Shunda 22 035 dollarni tashkil qiladi. Narxlardagi farq Cobalt narxidagiga qaraganda unchalik katta emas, ammo Qozog‘istonda Tracker O‘zbekistondan 1 600 dollarga qimmatroq ekanligini ko‘rish mumkin.Keling, endi biznes-klassga o‘tamiz va Chevrolet Malibu misolida ikki mamlakat narxlarini ko‘rib chiqamiz. O‘zbekistonda buni avtomobilning ramziy modeli deb aytish mumkin. Hashamat va statusning ramzi. Qozog‘istonda ushbu avtomobil bizdagi kabi unchalik mashhur emas, ammo xaridor asta-sekinlik bilan qiziqishni boshlashmoqda. Malibu'ning narxi ikki mamlakatda taxminan bir xil. Shuningdek, narxlarni taqqoslash uchun milliy valyutalardan dollarga o‘tkazsak, Qozog‘istonda 35 900 dollar va O‘zbekistonda 35 850 dollarga teng.Ko‘rib turganingizdek, UzAuto Motors avtomobillarining ichki bozordagi narxi Qozog‘iston bozorlarida sotilayotganidan ancha past. Ko‘pgina xaridorlar uchun bu kutilmagan yangilik bo‘ladi. Faktlar aldamaydi. Xulosa o‘zingizdan!


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3117 | Рейтинг: 0| Рейтинг: narxlari, Motors, Qozog‘iston, solishtirildi, O‘zbekiston, UzAuto, avtomobillari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное