Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog’istonda ikki yoshli bolada ham koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda 2018 yilda tug‘ilgan bolakayda koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Ahmesharifga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi. Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 13 kishiga yetgan.

Aniqlanishicha, kasallikni yuqtirib olgan qizaloq Olmaotaga Berlindan Minsk orqali uchib kelgan. Bolakay shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16 martdan 15 aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).
Mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi.


Manba:aniq.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2630 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus, Qozog’iston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное