Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Salqin havoda qizini engil kiyintirgan Sevara Nazarxon muxlislardan dakki eshitdi(Foto)





 

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon oilasi bilan ta`tilni Toshkentda o`tkazmoqda. 

Toshkent shahridagi dam olish kunlarini aks ettiruvchi suratlar xonandaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylanmoqda. Shunday suratlardan birida Sevara qizi Imon Anvar bilan ochiq havoda sayr qilayotganini ko`rish mumkin. Biroq bu surat muxlislarning xavotirlariga sabab bo`ldi. Ular xonandaga qizini qalinroq kiyintirishni maslahat berishdi. 

Sevara bunday izohlarga javoban: 

“Xavotir olmang! Toshkent shahrida tush paytida quyosh qizdirmoqda. Shuning uchun qizimga xavas qilishingiz mumkin”,—deya javob berdi. 

Shundan so`ng xonanda Munisa Rizaeva o`zining Instagram`dagi sahifasiga Sevara va uning qizi Imon Anvar bilan tushgan suratini joylashtirdi. E`tiborlisi, mazkur suratda ham Sevara qizini ob-havoga nisbatan ancha engil kiyintirgani ko`rinib turibdi. 6 oylik chaqaloqning ikkala oyog`i ham ochiqligi muxlislarning xavotiri va tanqidlariga sabab bo`ldi. 

“Sevara, bu qizaloq engil kiyintirilgani ko`rinib turgan ikkinchi surat. Siz uni o`zingiz bilan solishtirmang va qizingiz ham xuddi o`zingizga o`xshab isib ketayotgandek o`ylamang. O`zingiz shunday ob-havoda shortik kiyarmidingiz? Ularning terisi nozik bo`ladi? Qizingizga rahmingiz kelsin”,—deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri. 

“O`zingiz qalin kiyingansiz, qizingiz esa shortikda. Sovqotmaydimi?”,—deydi yana bir ijtimoiy tramoq foydalanuvchisi e`tirozini yashirolmay. 

Uni so`zlarini yana bir muxlis davom ettirdi

“Hamma qalin kiyingan, lekin bola shortikdami? Boshida bosh kiyimi ham yo`q. Shamollab, kasal bo`lib qoladiku!”

Sevara Nazarxon muxlislarning xavotirlariga nisbatan:

“Fotoshop tufayli qizim issiq, to`qilgan kombinezonda ekanligi ko`rinmayapti. Shimi ham tepaga ko`tarilib ketibdi. Do`stlar, agar sezmagan bo`lsangiz, shu kunlarda kuz bizni issiq kunlar bilan siylamoqda. Biz haqiqatdan ham sayohatlarda toblanmoqdamiz. Bu erda esa avvaldan yosh bolalarni issiq havoda ham karamdek kiyintirishadi”,—deya javob berdi. 

Munisa Rizaeva esa Sevara Nazarxonga muxlislar e`tiroziga e`tibor bermaslikni tavsiya qildi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6638 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Sevara Nazarxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное